2021-yil yakunigacha 212 ta avariya holatidagi 2 qavatli uylar renovatsiya asosida yangidan quriladi. Bu haqda ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda davlat rahbari so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.
“Yangi qurilgan 3 mingta ko‘p kvartirali uy-joylarga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilmagan. Jumladan, Toshkent viloyatida – 623 ta, Buxoroda – 621 ta, Xorazmda – 249 ta, Surxondaryoda – 195 ta va Namanganda – 170 ta ko‘p qavatli uylarga boshqaruvchilar biriktirilmagan.Shuning uchun Sherzod Hidoyatov, Botir Zokirov bir oy muddatda quruvchi tashkilot yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarni, boshqaruv kompaniyasi tashkil qilgan holda, ikki yil davomida saqlashni o‘z zimmasiga olishini nazarda tutuvchi tizim yaratsin. Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov viloyat, tuman va shahar hokimlari bilan birga yil yakunigacha xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha har bir boshqaruv kompaniyalarning o‘zida o‘quv markazlarini tashkil etsin.
Shuningdek, joriy yilda 212 ta avariya holatidagi 2 qavatli uylarni renovatsiya asosida yangidan qurishga vazir o‘rinbosari uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Nazirjon Nazirov viloyat, tuman va shahar hokimlari bilan birga shaxsan mas’ul bo‘ladi.
Jumladan, 40 foiz (14 mingta) ko‘p kvartirali uylarning foydalanish muddati o‘tgan, qariyb 7 mingtasi ta’mirtalab va 668 tasi avariya holatida, shundan 212 tasi yashashga yaroqsiz. Ushbu yaroqsiz uylarning teng yarmi (106 ta) Qoraqalpog‘istonga to‘g‘ri kelsa, Buxoroda – 28 ta, Toshkent viloyatida – 25 ta va Toshkent shahrida – 23 tani tashkil etadi. Taxiatosh (31 ta uy), Qo‘ng‘irot (30 ta), Xo‘jayli (20 ta) tumanlari, Buxoro (28 ta) va Chirchiq (15 ta) shaharlarida eng og‘ir ahvol”, — dedi Prezident.
Ta’kidlanishicha, joriy yilda Qoraqalpog‘iston (20 ta), Andijon (4 ta), Buxoro (28 ta), Namangan (5 ta), Surxondaryo (4 ta), Toshkent viloyati (17 ta), Xorazm (3 ta), Farg‘ona (1 ta) va Toshkent shahri (23 ta) hokimlari jami 105 ta yaroqsiz uylar o‘rniga, tadbirkorlar tomonidan yangi ko‘p qavatli uy-joylar qurib berish tashabbusini bildirgan.
Mavzuga doir:
- Shavkat Mirziyoyev ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi
- Shavkat Mirziyoyev: “2021-yilda ko‘p qavatli uylarga xizmatlar ko‘rsatish hajmi kamida 3 baravarga oshiriladi”
- “Hozir zamon o‘zgardi, odamlar endi kechagiday yashashga majbur emas” – Shavkat Mirziyoyev
Izoh (0)