Ma’lum qilinishicha, chang-qum aralash kuchli shamol shaharda soat 18:00 dan keyin ko‘tarilgan.
Telegram’dagi “Gidrometrologik ilmiy tahlillar, ob-havo bashoratlari, tadqiqotlar” kanalining yozishicha, ushbu shamol bulut osti shamol xususiyatli bo‘lib, uning davomiyligi uzoq davom etmaydi va juda kuchli kuzatilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 19-may kuni yuz bergan kuchli shamol ta’sirida Andijon viloyatining shahar va tumanlarida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarida avariyaviy holatlar va nosozliklar yuzaga kelgandi.
Mavzuga doir: Toshkent markazida kuchli shamol oqibatida Malibu ustiga daraxt quladi. Haydovchi qiz jarohat olgani aytilmoqda
Izoh (0)