• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Kelajak haqida tasavvuri yo‘q, ta’limga e’tibor berilishini va xorijiy universitetlardan kvota ajratilishini xohlagan o‘quvchilar. Nogironligi bo‘lgan bitiruvchilar bilan suhbat

    O‘zbekistondagi umumta’lim maktablar va maxsus internatlar 2021-yilda 450 mingga yaqin bitiruvchilarni katta hayotga kuzatadi. Xalq ta’limi vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, ularning 1801 nafarini imkoniyati cheklangan bolalar tashkil qiladi. Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 86 ta davlat ta’lim muassasalarini bitirayotgan o‘quvchilarning keyingi taqdiri nima bo‘ladi? Ular katta hayotga tayyormi?

    “Daryo” maxsus maktab-internat bitiruvchilari bilan ularning kelajak haqidagi tasavvurlari, orzu-maqsadlari haqida suhbatlashdi.

    Burhon Rahimqulov, 19 yoshda

    Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Toshkent shahridagi maxsus 101-sonli maktab-internatining 12-sinf o‘quvchisi. 

    Eshitish va gapirishida nuqsoni bor (Burhon Rahimqulovning so‘zlarini surdo tarjimon Muattar Rahmatova tarjima qildi).

    Burhon Rahimqulov.

    Burhon Rahimqulov.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Dunyoda hech kim qiyinchilik ko‘rmasin

    Men ham boshqa bolalar qatori sog‘lom dunyoga kelganman. Yaqinlarimning aytishicha, 3 yoshligimda kuchli shamollash oqibatida shu nuqsonni ortirib olganman.

    Dastlab viloyatdagi umumta’lim maktabida o‘qiganman. Ammo o‘qishda, do‘stlarim bilan munosabatda qiynalganim uchun 4-sinfdan shu yerda o‘qishni boshlaganman. To‘g‘ri, Namanganda ham bunday maxsus maktablar bor edi, lekin dadam meni yaxshi tahsil olishim uchun Toshkentga olib kelganlar.

    Ota-onamni juda yaxshi ko‘raman. Dadam Namangandagi akademik litsey direktori bo‘lib ishlaydi. Onam esa ona tili va adabiyot o‘qituvchisi. Oilada kenja farzandman. Akam va opam bor.

    Rasm chizish va badiiy kitob o‘qishni juda yaxshi ko‘raman. Ayniqsa, Muhammad Yusufning she’rlarini sevib o‘qiyman.

    Burhon Rahimqulov chizgan rasmlar.

    Burhon Rahimqulov chizgan rasmlar.
    Foto: “Daryo” / Xonzodabegim A’zamova

    Eng quvonchli kunim Namanganda o‘tgan. O‘shanda tadbirda faol ishtirok etganim uchun shahar hokimi menga ko‘p badiiy kitoblar sovg‘a qilgan. O‘sha kunni hech qachon unutmayman.

    Burhon Rahimqulov chizgan rasmlar.

    Burhon Rahimqulov chizgan rasmlar.
    Foto: “Daryo” / Xonzodabegim A’zamova

    Men uchun baxt — bu ota-onamning mehrini ko‘rib, oilamda tinch, xotirjam yashayotganim, yaxshi bilim olayotganimdir.

    Eng katta maqsadim, kelajakda ota-onamning kasbini davom ettirish. Ularga o‘xshab farzandlarimga yaxshi tarbiya berib, o‘qimishli qilib voyaga yetkazish.

    Hozir davlat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘ryapman. Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining matemetika yo‘nalishiga o‘qishga topshirmoqchiman.

    Tengdoshlarimga tilagim, o‘qishdan, bilim olishdan to‘xtamasin. Doimo baholari a’lo bo‘lsin va bu hayotda hech kim hech qachon qiyinchilik ko‘rmasin.

    To‘lg‘onoy G‘aybullayeva, 20 yoshda

    Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida tug‘ilgan. Toshkent shahridagi maxsus 100-sonli maktab-internatning 11-sinf o‘quvchisi.

    Tayanch harakatida nuqsoni bor.

    To‘lg‘onoy G‘aybullayeva.

    To‘lg‘onoy G‘aybullayeva.
    Foto: “Daryo” / Dilshod Sharipov

    Inson xohlasa hammasini uddalaydi

    Kompyuterga va xorijiy tillarni o‘rganishga juda qiziqaman. Rus tilini yaxshi bilaman. Hozir ingliz tilini o‘rganyapman. Bu yil Jahon tillari universitetiga o‘qishga topshirmoqchiman. Ayni paytda maktabda mustaqil tayyorgarlik ko‘ryapman.

    Bundan tashqari to‘rt yildan beri sportning tog‘ chang‘isi va toqqa tirmashib chiqish turi bilan shug‘ullanaman.

    Har chorak tugaganda Chimyonga borib, mashg‘ulotlar o‘tamiz. Murabbiyimning aytishicha, shu paytgacha maktabimizdan hech kim bu sport turlari bilan shug‘ullanmagan.

    To‘lg‘onoy G‘aybullayeva tog‘ chang‘i sporti bilan shug‘ullanmoqda.

    To‘lg‘onoy G‘aybullayeva tog‘ chang‘i sporti bilan shug‘ullanmoqda.
    Foto: Instagram / @dmitriikonsultant

    Hozir 2022-yilda Rossiyaning Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan maxsus olimpiadaga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Paraolimpiadada qatnashib, g‘olib bo‘lish niyatim bor. Yana jahon chempioni bo‘lishni ham istayman.

    Hayotdagi katta maqsadim esa onamni Hajga yuborish, dunyo kezish va mohir tarjimon bo‘lish. O‘zimga ishonaman. Xudo xohlasa, hammasini uddalayman.

    Urinib ko‘rishdan to‘xtamang

    Mana bu yil maktabni bitirib, katta hayotga qadam qo‘ymoqdamiz. Shuncha yillik do‘stlarimiz, sinfdoshlarimiz bilan xayrlashamiz. Hamma o‘z

    yo‘lidan ketadi. Kimdir o‘qishga kiradi, kimdir uyda qoladi.

    Tengdoshlarimga aytadiganim shuki, hayot kurashlardan iborat. Ko‘pchilik bir marta imtihondan yiqilsa, “Bo‘ldi, endi topshirmayman” deb tushkunlikka tushadi. Biroq qayta topshirib, yana urinib ko‘rishdan to‘xtamaslik kerak.

    O‘zim misolimda aytadigan bo‘lsam, sport bilan shug‘ullanayotib, ko‘p yiqilganman. Avvallari ko‘rib, uchish oson, mazza deb o‘ylardim, lekin bunda yiqilishlar, ko‘karishlar ko‘p ekan.

    To‘lg‘onoy G‘aybullayeva tog‘ga tirmashib chiqish sporti bilan shug‘ullanmoqda.

    To‘lg‘onoy G‘aybullayeva tog‘ga tirmashib chiqish sporti bilan shug‘ullanmoqda.
    Foto: 100-sonli maktab-internat

    Inson hech qachon nolimasligi kerak. Inson qancha nolisa, yomonlik kelaveradi. Alloh nolimagan bandasiga ko‘proq beradi, shuning uchun doimo shukrona keltirishi kerak.

    To‘lg‘onoy G‘aybullayeva.

    To‘lg‘onoy G‘aybullayeva.
    Foto: “Daryo” / Dilshod Sharipov

    Men uchun baxt — sog‘liq va ota-onamning yonimda bo‘lishi. Ko‘proq mehr berilsa yanada baxtli bo‘laman.

    Biz kabi yoshlar uchun oliygohlarda kvotalar ajratilgan. O‘tgan yili maktabimizdan ko‘pchilik o‘qishga kirgan. Ammo faqat mahalliy ta’lim muassasalariga maxsus o‘rinlar ajratilgan. Men chet el oliygohlarida ham biz uchun shunday imkoniyatlar yaratilishini xohlardim. Nasib qilsa, kelajakda magistraturani Vestminster yoki Singapur menejmentni rivojlantirish institutida davom ettirish niyatim bor.

    Otabek Choriyev, 18 yoshda

    Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanidagi viloyat ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarga ixtisoslashtirilgan 125-sonli maktab-internatning 11-sinf o‘quvchisi.

    Foto: Otabek Choriyevning shaxsiy arxividan

    Hayotga bo‘lgan qiziqishim pasayib ketgan

    Eng katta niyatim universitetga kirib, rus tili fani o‘qituvchisi bo‘lish edi. Bir necha yil oldin astoydil harakat qilib, rus tilini o‘rganayotgandim. Ammo hozir to‘g‘risini aytsam, hayotga bo‘lgan qiziqishim pasayib ketgan.

    Siz nimagadir intilaversangiz, ammo yo‘lingizda to‘siqlar uchrayversa odam harakat qilmay qo‘yarkan. Ochiqroq aytadigan bo‘lsam, maktabimizda rus tili bilan qo‘shimcha shug‘ullanish imkoni yo‘q. Aslida maktabimizda rus tili o‘qituvchilari bor. Ammo ba’zilarining vaqti yo‘q, ba’zilarining esa dars bergisi kelmaydi.

    Ko‘p marta universitetga kirgunimizcha bizni tayyorlanglar, kerak bo‘lsa, pulini ham to‘laymiz dedim. Lekin inobatga olishmadi.

    Bir o‘qituvchi bilan 120 ming so‘mga repetitorlik qilish bo‘yicha kelishgandim. Boshida yaxshi edi, uch kun dars o‘tdik, ammo keyin “uyimga kel” deb aytganidan so‘ng bormay qo‘ydim. Sababi birovning uyiga borib o‘rganmaganman. Shaxsan men uchun qiyinchilik tug‘diradi.

    Maktabning o‘zida dars o‘tishini so‘radim, u esa boshqa o‘qituvchi topishim kerakligiga shama qildi. Shundan keyin harakatim to‘xtab qoldi.

    Hozir o‘zim algebra, ingliz tili va rus tilidan imtihonlarga tayyorlanyapman.

    Yana bir muammo maktabimizda dars qilish uchun sharoit yo‘q. Avvallari tushlikdan keyin bemalol bo‘shagan xonalarda tayyorlanardik. Maktabimizda o‘quvchi ko‘payib ketgani hisobiga o‘qish ikki smenada bo‘lyapti. Dars qilishimiz uchun stol-stul yo‘q. Bitta xonada sakkiz kishi yotamiz. Imkon qilgan tumbochkasi ustida dars qiladi.

    O‘qishga kirolmaslikdan yomoni yo‘q

    Biz kabilar maktabni bitirgandan keyin o‘qishga kirsa, hayotda o‘z o‘rnini topishi mumkin. Agar kirolmay qolsangiz, uyda qolib ketasiz. Diplomingiz bo‘lmasa, qayerga ham ishga kirardingiz?

    Misol uchun, 1996-yilda tug‘ilgan akam ham shu maktabni bitirgan. Universitetga kirolmadi. Hozir uyda o‘tiradi.

    Menimcha, ko‘zi ojiz odam o‘qituvchilikdan boshqa kasbda ishlashi qiyin. O‘qishga kirolmaslikdan yomoni yo‘q. Agar kirolmasa, ishlolmaydi va uyda davlat tarafidan berilayotgan pulga kuni o‘tadi.

    Ba’zan rus tili yo‘nalishini tanlab adashdimmikin, deb o‘ylab qolaman. Chunki o‘z fanini zo‘r o‘tadigan o‘qituvchilar bor. Agar rus tili bilan emas, ular bilan shug‘ullanganimda balki boshqacharoq bo‘larmidi? Bilmadim.

    Ta’lim sohasiga ko‘proq e’tibor qaratilishini, har kim o‘z ishini chin dildan bajarishini xohlayman. Ukam ham bir necha yildan keyin shu maktabga keladi. Uni bunday sharoitda o‘qishini istamasdim.

    Meni ko‘zim ojiz, o‘qishga kirib biror ishning boshidan tutishni istayman. Agar o‘qishga kirsam, ishlarim ham joyiga tushadi deb o‘ylayman. Ko‘p narsa o‘qishga kirish bilan bog‘liq. Mana bu yil o‘qishga topshiraman, lekin universitetga kirishimga ochig‘i, ishonmayman.

    Dilnoza Soliyeva, 19 yoshda

    Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tug‘ilgan. Toshkent shahridagi maxsus 101-sonli maktab-internatning 12-sinf o‘quvchisi.

    Eshitish va gapirishida nuqsoni bor (Dilnoza Soliyevaning so‘zlarini surdo tarjimon Muattar Rahmatova tarjima qildi).

    Dilnoza Soliyeva.

    Dilnoza Soliyeva.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Kelajagim haqida o‘ylab ko‘rmaganman

    Men “nulivoy” sinfdan boshlab shu maktabda tahsil olaman. Bu yerda hamma yotoqxonada qolib o‘qiydi. Shanba kuni uyga ketib, dushanbada yana ortga qaytamiz.

    Biz ham xuddi umumta’lim maktablaridagidek tahsil olamiz. Bir xil fanlar o‘tiladi. Faqat birgina farqi bizga rus tilidan boshqa xorijiy tillar o‘tilmaydi. Chunki ingliz tili bo‘yicha bizda mutaxassis yo‘q.

    Toshkent shahridagi maxsus 101-sonli maktab-internat.

    Toshkent shahridagi maxsus 101-sonli maktab-internat.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Oilada besh kishimiz: ota-onam, ikki opam va men. Birinchi opam sog‘lom, ikkinchisi xuddi men kabi. Ular turmushga chiqib ketgan. Hozirda ikkisi ham farzand tarbiyasi bilan band.

    To‘g‘risi, hali kelajagim haqida o‘ylab ko‘rmaganman. Yozgi ta’tilda 200 dollarga manikyur-pedikyurlikni o‘rgandim. Ochig‘ini aytsam, bu hunarni o‘zim xohlab emas,  ota-onamning xohishi bilan o‘rgangandim. Lekin vaqt o‘tib qiziqish paydo bo‘ldi. Ta’til paytida Chirchiqdagi salonda ishlayman.

    Ishimda odatda mijozlar bilan imo-ishoralar orqali gaplashamiz. Agar qandaydir qiyinchilik tug‘ilsa, yozma muloqot qilamiz.

    Hozircha oyiga 200—300 ming so‘m ishlab topyapman. Kelajakda yana sartaroshlikka ham o‘qish niyatim bor.

    Bahromxo‘ja Olimov, 19 yoshda

    Toshkent viloyatining Zangiota tumanida tug‘ilgan. Toshkent shahridagi maxsus 100-sonli maktab-internatning 11-sinf o‘quvchisi.

    Tayanch harakatida nuqsoni bor.

    Bahromxo‘ja Olimov.

    Bahromxo‘ja Olimov.
    Foto: “Daryo” / Dilshod Sharipov

    Hayotda qiyinchiliklar bo‘ladi, lekin qoqilib, suqilib, o‘z yo‘limizni topib olamiz

    To‘rtinchi sinfdan boshlab bu internatda tahsil olyapman. Ungacha Zangiota tumanidagi 16-umumta’lim maktabida o‘qiganman.

    Dushanba kuni kelib shanba kuni uyga ketamiz. Bu bizning ikkinchi uyimizga aylanib qolgan. Sinfdoshlarimiz bilan juda qadrdon bo‘lib ketganmiz.

    Do‘stlarimni yaxshi ko‘raman, ularga jonimni beraman. Nafaqat bu yerdagi, balki avval o‘qigan umumta’lim maktabimdagi sinfdoshlarimni ham hurmat qilaman.

    Sumalak va “gap”larga doim chaqirishadi, hecham ajratishmaydi. Men u yerdan 4-sinf boshida ketganman, lekin bo‘ldi ketdi kerakmas chaqirmaylik deyishmagan. Borsam doim bag‘rini ochib, hurmatimni joyiga qo‘yishadi.

    Bahromxo‘ja Olimov.

    Bahromxo‘ja Olimov.
    Foto: “Daryo” / Dilshod Sharipov

    Niyatlarimga kelsak, onam buxgalter bo‘lib ishlaydilar. Men ham kelajakda onamning kasbini egallamoqchiman. Maktabni bitirib, ularga shogirdlikka tushaman.

    Hozir bizning qiladigan birinchi ishimiz o‘qishga kirish. Ko‘p oliygohlarga topshirish imkoniyatimiz bor ekan. Men Qishloq xo‘jaligi institutining buxgalteriya fakultetiga kirmoqchiman.

    Bundan tashqari bir necha biznes rejalarim bor. Xudo xohlasa, hammasini zinama-zina amalga oshiraman. Dastlab, “Muhayyo” nomli oziq-ovqat do‘konini ochaman. Chunki bolaligimda buvimga sizni nomingizga katta supermarket ochaman deb va’da berganman. Keyinroq oldiga sartaroshxona, novvoyxona ochaman. Lekin ularni o‘zim yurgizmayman. Chunki biznes bilan band bo‘lsam, yaxshi ko‘rgan ishim, bugalterlik qolib ketadi. Shuning uchun ijaraga berib qo‘yaman, pul kelib turadi.

    Niyatlarim juda katta. To‘g‘ri, qiyinchiliklar bo‘ladi, lekin qoqilib, suqilib, o‘z yo‘limizni topib olamiz. Xudoyim “ol, bandam” desa hech gap emas.

    Tengdoshlarimga aytar so‘zim, inson hayotga bir marta keladi. Vaqtingizni qadrlang. Chunki hozirgi daqiqani yarim soatdan keyin million dollar berib ham topolmaysiz. Ertaga hammasi boshqacha bo‘ladi.

    Besh qo‘l barobar emas. Hayotda o‘zini xafa ko‘rsatib, ichi xursand bo‘ladiganlar, yoki aksincha, ichidagi dardini hech kimga aytolmaydiganlar bor. Birovning dilini og‘ritdingizmi, darrov kechirim so‘rang. Ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Shunday ekan vaqtdan unumli foydalaning va odamlarni qadrlang.

    Muallif: Xonzodabegim A’zamova

    Muharrir: Dilshod Sharipov

    Mavzuga doir: 

    • 1 million dollarlik grant yutgan, eng kuchli iqtisodchi va xalq ta’limi vaziri bo‘lishni orzu qilgan o‘quvchilar. Prezident maktabining ilk bitiruvchilari bilan suhbat
    • “Bugungi chalinayotgan qo‘ng‘iroq so‘nggisi emas, aksincha birinchisidir”. Mashhurlardan bitiruvchilarga tilaklar
    • “O‘zingga xiyonat qilib qo‘yma”. Qozoqboy Yo‘ldoshev va Sanjar Nazardan bitiruvchilarga tavsiyalar

    27.05.2021, 09:28   Izoh (0)   66329
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqand viloyati IIB masjidlarning birida voyaga yetmagan bola so‘roq qilingani tasvirlangan videoga izoh berdi

    27.05.2021, 09:22

    Farg‘onada bosqinchilikda ayblanganlar sud zalidan qochib ketishi yuzasidan IIB mansabdorlariga jinoiy ish ochildi

    27.05.2021, 08:39

    O‘zbekistonliklarning 1,7 mln nafari chet elda, asosan, Rossiya va Qozog‘istonda mehnat qilayotgani aytildi

    27.05.2021, 08:24

    Chinozda tunda xonadonga bostirib kirib, er-xotinga hujum qilgan besh nafar shaxs ushlandi

    27.05.2021, 08:08

    Belarus havo hududiga boykot O‘zbekistondan amalga oshiriladigan parvozlarga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?

    27.05.2021, 07:49

    Toshkent irrigatsiya institutiga o‘qishga kiritish uchun 5 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

    27.05.2021, 07:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda chorvadorga mol sonini ko‘paytirish uchun arzon resurslar ajratiladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 13:45

    Latviya Rossiya va Belarus fuqarolariga ko‘chmas mulk sotib olishni taqiqladi

    Dunyo | 20 iyun, 13:32

    “Respublikadagi barcha tuman hokimlari Shahrisabz, Yakkabog‘ va Ko‘kdalani kelib ko‘rsin, o‘rgansin” — prezident

    O‘zbekiston | 20 iyun, 13:29

    Megan Markl bolalarini bozorda ishlab pul topishga majburlamoqda

    Layfstayl | 20 iyun, 13:28

    “Manchester Yunayted” Mbeumoni xarid qilish uchun katta summa taklif qildi

    Sport | 20 iyun, 13:10

    Qashqadaryoda viloyat “Islohotlar shtabi” tuziladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 13:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.