BAAning Dubay shahrida boks bo‘yicha 2021-yilgi Osiyo chempionati 24-may, dushanba kuni start oldi.
Musobaqaning dastlabki kunida ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi.
-60 kg vazn toifasida harakat qiladigan Abdumalik Halokov dastlabki bosqichda laoslik Uolter Sarnoi Upatanaga qarshi jang qildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
-75 kg vazn toifasidagi o‘zbekistonlik bokschi Saidjamshid Ja’farov musobaqadagi ilk jangini afg‘onistonlik Sulaymonga qarshi o‘tkazdi. Unda Ja’farov 5:0 hisobidagi g‘alabani qayd etdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)