“Real” hujumchisi Karim Benzemaning Fransiya terma jamoasiga qayta chaqirilishi terma jamoa liboslarining savdosiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi, deb yozmoqda Marca.
Qayd etilishicha, Yevro—2020 ga boradigan tarkib e’lon qilingandan keyin Fransiya terma jamoasi liboslari savdosi 2400 foizga o‘sgan.
Ta’kidlanishicha, Benzemaning terma jamoaga qaytgani sababli fransuz jamoasining ekipirovkasi Yevro—2020 oldidan Nike firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan formalar orasida eng ko‘p sotilgan libos bo‘lishi mumkin.
Benzema 2015-yilda jamoadoshi Matyo Valbuena bilan bo‘lgan mojarolar sabab terma jamoadan chetlatilganidan 6 yil o‘tib, Yevropa chempionati oldidan milliy jamoaga qayta chaqirildi. U terma jamoada so‘nggi marta 2015-yilning oktabrida Armanistonga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda harakat qilgan.
Karim “Real” safida La Liga 2020/21-yilgi mavsumida 33 o‘yin o‘tkazib, 22 gol va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Izoh (0)