Favqulodda vaziyatlar vazirligi Andijon shahridagi yo‘l bo‘yida kelib chiqqan yong‘in bo‘yicha ma’lumot berdi.
18-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l chetida qurigan o‘tlar yonayotganligi aks etgan video tarqaldi. Ma’lum qilinishicha, hodisa Andijon viloyati Andijon shahri Universitet ko‘chasida sodir bo‘lgan. Yong‘in soat 10:58 da boshlangan. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, qurigan o‘tlar yo‘lning chetiga tashlangan sigareta qoldig‘i tufayli yonib ketgan.
Andijon viloyati FVBning ikkita yong‘in-qutqaruv guruhi 3 daqiqa ichida yong‘in sodir bo‘lgan joyga yetib borgan va qisqa muddatda uni o‘chirgan.
Hodisa oqibatida jarohatlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Avvalroq Toshkentdagi Botanika bog‘i hududida yong‘in kelib chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)