Daryo

Toshkentdagi Botanika bog‘i hududida yong‘in kelib chiqdi

Boshqa bir mushtariy sirenalari yoqilgan o‘t o‘chirish mashinasi Botanika bog‘ining Bog‘ishamol ko‘chasi bo‘yidagi darvozasidan kirib ketayotganiga guvoh bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish63 926 ko‘rishlar0 izoh0

Davomi: FVV Toshkentdagi Botanika bog‘ida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi

Toshkentdagi Botanika bog‘i hududida 16-may kuni soat 12:00 atrofida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda “Daryo”ga mushtariylar ma’lum qildi: hodisa joyidan olingan videolavhalar Telegram’dagi kanallarda e’lon qilingan.

“Daryo” mushtariylaridan birining ma’lum qilishicha, Botanika bog‘i uzra quyuq bo‘lmagan qora tutun ko‘tarilgan; boshqa bir mushtariy sirenalari yoqilgan o‘t o‘chirish mashinasi Botanika bog‘ining Bog‘ishamol ko‘chasi bo‘yidagi darvozasidan kirib ketayotganiga guvoh bo‘lgan.

Hodisa yuzasidan poytaxt o‘t o‘chirish xizmatidan tezkor izoh olish imkoni hozircha bo‘lgani yo‘q.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar