17-may kuni soat 10:00 larda Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida joylashgan 6-umumta’lim maktabida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Xabar.uz”

Ma’lum qilinishicha, hodisa joyiga Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 6 ta yong‘in-qutqaruv guruhi soat 10:05 da yetib borgan. Soat 10:15 da yong‘in qurshab olingan va soat 10:40 da to‘liq bartaraf etilgan.

Foto: “Xabar.uz”

Foto: “Xabar.uz”

Yong‘in natijasida bino 2-qavatining taxminan 120 kvadrat metr maydoni ichki va tom qismi yonib zararlangan.

“Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkentdagi Botanika bog‘i hududida yong‘in kelib chiqqani, Yunusobodda qizdirilgan yog‘ sabab 4-qavatdagi uy yonib ketgani, Xorazmdagi dehqon bozorida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.