So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12311.98
    • RUB 133.04
    • EUR 13272.31
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +4°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Hindistonda tarqalgan qora zamburug‘ infeksiyasi Rossiyada ham qayd etildi

    18.05.2021, 14:08 28243

    Rossiyada COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda qora zamburug‘ (mukormikoz)ga chalinish hollari qayd etildi, deb yozadi “Izvestiya”. Mukormikoz koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning kuchayishi fonida Hindistonda keng tarqalgan.

    Foto: “Izvestiya”

    Foto: “Izvestiya”

    Mukormikoz tabiatda keng tarqalgan mikroskopik zamburug‘lar (mukormitsetlar) keltirib chiqaradigan noyob infeksiya. Ular tuproqda yashaydi, ko‘pincha chirigan o‘simliklar va sabzavotlar yuzasida ajralib turadi.

    Ushbu infeksiya burun, ko‘z va nafas olish tizimiga ta’sir qiladi. Kasallik burun bo‘shlig‘i va burun yondosh bo‘shliqlarida rivojlanib, ko‘z kosalariga tarqaladi. Infeksiya tushgan a’zolarda, ayniqsa, burunda to‘qima nekrozi tufayli o‘ziga xos qora qo‘tir paydo bo‘ladi.

    Davo choralari ko‘rilmagan taqdirda, mukormikoz to‘satdan o‘limga olib kelishi mumkin, shu bilan birga, terapiya yordamida bemorlarning faqat 50 foizini saqlab qolish mumkin.

    “Hozir Rossiyada Hindistondagi vaziyat bilan taqqoslanadigan biror nima yo‘q. Menga ma’lum bo‘lishicha, COVID-19 bilan kasallanganlarda mukormikozning uchrashi holatlari bir-ikki marta kuzatilgan. Ayni paytda bunday bemorlardan biri bizning mikologik klinikamizda davolanmoqda, umid qilamanki, u tuzalib ketadi”, — dedi Rossiya shimoli-g‘arbiy davlat tibbiyot universitetining klinik mikologiya, allergologiya va immunologiya kafedrasi mudiri Nikolay Klimko.

    Shifokor ushbu muammoni faqat Hindistonga xos deb hisoblash noto‘g‘riligini ta’kidladi, chunki kasallik barcha mamlakatlarda uchraydi va Rossiya ham bundan mustasno emas.

    “Ammo ba’zi bir bemorlarning kasallanish ehtimolini istisno qilib bo‘lmaydi. Avvalo mukormikoz immuniteti susaygan odamlar uchun xavflidir. COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarda infeksiya odatda dekompensatsiyalangan qandli diabet fonida rivojlanadi. Hindistonda ushbu kasallikka chalingan bemorlarning ko‘pligi sababli mukormikoz yuqtirish darajasi yuqori”, — dedi Klimko.

    Moskva fizika-texnika instituti genomik muhandislik laboratoriyasining boshlig‘i Pavel Volchkov harorat va namlik darajasi yuqori bo‘lgan mintaqalar mazkur infeksiyaning keng tarqalishi uchun qulay muhit ekanini aytdi.

    “Ushbu kasallik Hindiston kabi tropik zonalarda joylashgan janubiy mamlakatlarga xosdir. Ammo zamburug‘ kasalliklari hamma joyga tarqalmoqda, chunki ular antibiotiklardan foydalanish bilan bog‘liq”, — deydi mutaxassis.

    Mavzuga doir:

    • Qora zamburug‘: Hindistondagi koronavirusning yangi asoratlari haqida nima bilamiz?
    • Virusologlar Hindistonda COVID-19’dan tuzalganlarda uchrayotgan “qora zamburug‘” kasalligi xavfini baholadi
    • Hindistonda COVID-pandemiya fonida odamlarning xavfli zamburug‘larga chalinish holatlari ko‘paydi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Ukrainaning bosib olingan hududlarida ham prezidentlik saylovlari o‘tkazadi

    Bugun, 17:48

    “Men to‘satdan falaj bo‘lib qolganman” — Anjelina Joli Bred Pitt bilan ajriminining tafsilotlari haqida gapirdi

    Bugun, 17:35

    Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Maybach avtomobilida ommaga ko‘rinish berdi

    Bugun, 17:26

    O‘zbekistonda pensiya va nafaqa to‘lovini ortiqcha ovoragarchiliksiz to‘xtatib turish imkoni yaratildi

    Bugun, 17:22

    Argentinaning yangi prezidenti vazirliklar sonini 19 tadan 9 taga qisqartirdi

    Bugun, 17:21

    Sinox bilan soch to‘kilishi va kallikning oldini olamiz

    Bugun, 15:00
    Reklama

    “Malibu’si bor, lekin yolg‘on hujjatlar qilib, har oy davlatdan yordam puli oladi”. Sirdaryo hokimining o‘rinbosari hududdagi boqimandalik haqida gapirdi

    Bugun, 17:12

    Blinken: “Rossiya Ukraina bilan mojaroga NATOni ham tortishi mumkin”

    Bugun, 17:02

    “O‘zbekiston uchun muhim ijobiy jihat bu uning juda yosh aholisidir” — tajribali investor Maykl MakGogi O‘zbekistonning iqtisodiy kelajagi haqida optimistik fikrla...

    Bugun, 16:58

    “Farg‘ona” bojxona posti sobiq boshlig‘i 18 yildan so‘ng oqlandi

    Bugun, 16:56

    Tojikistonda erkak onasini 136 marta pichoq urib o‘ldirdi (video)

    Bugun, 16:56

    Tavsiya etamiz

    Surxondaryoliklarning respublika tashkilotlariga murojaatlari o‘tgan 2022-yilga nisbatan 26 mingtaga kamaygan

    23:00 / 10.12.2023

    Qozog‘iston va O‘zbekiston iqtisodiyoti taqqoslandi. Kimniki kuchli?

    21:00 / 10.12.2023

    “Jadidchilik ham maorif, ham davlatchilik va so‘z erkinligi edi”. Xorijlik jadidshunos olimlar bilan suhbat

    18:00 / 10.12.2023

    Akula hujumidan halok bo‘lgan sayyoh, polda yotgan yaradorlar, bitiruv marosimidagi itlar — hafta suratlari

    22:00 / 09.12.2023
    Daryo

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.