Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 37-turida “Jenoa” 15-may, shanba kuni o‘z maydonida “Atalanta”ni mehmon qildi.
Uchrashuvda hisob 9-daqiqada Duvan Sapata tomonidan ochildi, 29-daqiqada esa Ruslan Malinovskiy oradagi farqni oshirdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Robin Gozens ham gol urib, hisobni 3:0 ko‘rinishiga olib keldi. Jamoalar tanaffusga shu hisobda yo‘l oldi.
Ikkinchi bo‘lim avvalida maydonga o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov tushirildi. Aynan u 48-daqiqada “Atalanta” himoyachilaridan to‘pni olib qo‘ydi va darvozani aniq nishonga oldi — 3:1. Shundan so‘ng jamoalar yana bittadan gol urishga erishdi. Mehmonlardan Mario Pashalich o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, genuyaliklar safida Goran Pandev 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi. O‘yin tugashi arafasida Shomurodov yana bir gol urib, A Seriyadagi dastlabki dublini rasmiylashtirdi.
Ushbu g‘alabadan keyin Bergamo klubining ochkolari 78 taga yetdi va musobaqa jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarildi. “Jenoa” esa 39 ochko bilan 14-pog‘onada bormoqda.
A Seriya
37-tur bahsi
15-may, shanba
“Jenoa” — “Atalanta” 3:4
Gollar: 0:1 – 9 Sapata, 0:2 – 26 Malinovskiy, 0:3 – 44 Gozens, 1:3 – 48 Shomurodov, 1:4 – 51 Pashalich, 2:4 – 67, penalti Pandev, 3:4 – 84 Shomurodov.“Jenoa”: Marketti, Gilyone (Portanova, 57), Masyello, Ongene, Radovanovich, Rovella, Kassata (Shomurodov, 46), Zays (Kaso, 46), Melegoni (Ebong, 79), Pyatsa, Destro (Pandev, 46).
“Atalanta”: Gollini, Hatebur, Romero, Toloi, Gozens (Palomino, 76), Malinovskiy (Lammers, 57), de Ron, Miranchuk (Muriel, 89), Froyler (Pessina, 46), Gimshiti, Sapata (Pashalich, 46).
Ogohlantirishlar: Gimshiti (62), Toloi (71), Rovella (88).
Izoh (0)