“Barselona” rahbariyati mavsumning omadsiz o‘tayotgani sababli tarkibda katta o‘zgarishlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, yozda jamoani 14 nafargacha futbolchi tark etishi mumkin. Ushbu futbolchilar qatoriga darvozabon Neto, himoyachilar Samuel Umtiti va Xunior Firpo, yarim himoyachilar Miralem Pyanich, Filippe Koutinyo va Mateus Fernandes hamda hujumchi Martin Breytueyt kiradi.
O‘yinchilarni boshqa jamoalarga transfer qilish, ijaraga berish va o‘zaro futbolchi almashtirish bitimlarida foydalanish rejalashtirilgan.
Bunday tadbirlardan maqsad jamoaga keladigan malakali o‘yinchilarga joy ajratish va hozirgilarga to‘lanayotgan mablag‘ni tejab qolish ekanligi ta’kidlanmoqda. Shu sababli hatto shartnomalarni bekor qilish varianti ham ko‘rib chiqiladi.
“Barselona”2020/21-yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi 1/8 finalida “PSJ”ga mag‘lub bo‘lib, musobaqadagi ishtirokini erta yakunladi. La Ligada esa jamoa mavsum yakunlanishiga 2 tur qolganida “Atletiko” va “Real”dan ortda qolmoqda.
Izoh (0)