“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich Yevro—2020 musobaqasida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.
Shvetsiya futbol federatsiyasi xabariga ko‘ra 39 yoshli futbolchi terma jamoa murabbiylar shtabiga jarohati tufayli musobaqada ishtirok eta olmasligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich 9-may kuni A Seriya doirasida “Yuventus”ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda (3:0) tizzasidan jarohat olib, maydonni erta tark etgandi. Keyinroq uning A Seriyaning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgandi.
Ibragimovich 2021-yilning mart oyida uzoq tanaffusdan keyin milliy jamoaga chaqirilgandi. Bungacha u 2016-yildan beri mamlakat bosh jamoasiga chaqirilmayotgan edi. Zlatan 62 ta gol bilan Shvetsiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)