Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat delegatsiyalari ishtirokida O‘zbekiston–Qozog‘iston qo‘shma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘z ishini yakunladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Tomonlar 10—14-may kunlari O‘zbekistonning Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hamda Qozog‘istonning Turkiston viloyati chegaralari tutashgan uchastkalarda davlatlararo chegara demarkatsiyasining yakuniy hujjatlari loyihalarini tayyorlashni davom ettirdi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida O‘zbekiston–Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma loyihasi muhokama qilindi.
Navbatdagi uchrashuvni may oyining oxirida O‘zbekistonda o‘tkazish rejalashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish masalasi yuzasidan har ikki davlat hukumat delegatsiyalarining avvalgi yig‘ilishi 2020-yil 12–17-noyabr kunlari Guliston shahrida bo‘lib o‘tgandi. Ushbu masala undan avval 17—21-fevral kunlari Olmaota shahrida, 20—24-yanvar kunlari Toshkentda muhokama qilingandi.
Izoh (0)