Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazi (XSIHM) “Jibek joli—G‘ishtko‘prik” nazorat-o‘tkazish punkti hududida har ikki davlat chegarasi yaqinida joylashadi. Bu haqda Qozog‘istonning LS axborot agentligi ma’lum qildi.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik bir nechta bosqichda yaratiladi:

  • Birinchi bosqich — tayyorgarlik. Unga ko‘ra, markazni qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarini o‘rganish, yagona texnik-iqtisodiy asosni (TIA) ishlab chiqish, qo‘shnilar bilan muvofiqlashtirish va tegishli me’yoriy hujjatlarni qabul qilish ta’minlanadi;
  • Ikkinchi bosqich — loyihalashtirish va qurish.
Xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markaz yangi o‘tkazish punktidan iborat bo‘lib, unda davlat nazorat organlari, shuningdek, aholi va tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish markazi, transport-logistika markazi hamda markazning tijoriy obyektlari o‘rin oladi.

“Infratuzilishga aniq ehtiyoj, shuningdek, moliyalashtirish hajmi, manbalari va mexanizmlari XSIHM qurishning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishni tomonlar mustaqil belgilaydi. Hozirda Qozog‘iston tomonidan birinchi navbatda markaz bo‘yicha investorni aniqlash ishlari o‘tkazilmoqda”, — deyiladi Qozog‘iston Savdo va integratsiya vazirligi xabarida.

Idoraning qo‘shimcha qilishicha, markazni ishga tushirish muddati tayyorgarlik bosqichi yakunlangach ma’lum bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida xalqaro savdo markazini yaratish to‘g‘risida 2019-yilda xabar berilgandi. Loyiha mualliflarining fikricha, u Qozog‘iston va Xitoy chegarasidagi “Xorgos” xalqaro chegaraoldi hamkorlik markazining muqobiliga aylanishi kerak.

Markaz hududida tovarlar (yuklar) va transport vositalari erkin, viza rasmiylashtiruvlarisiz harakatlanishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Shou-biznes
“Xitoydan o‘ligim qaytadi deb qo'rqqanman”. Uch xil ovozda gapira oladigan xalqaro sirk ustasi, vayner Sherzod Mamadaliyev bilan suhbat (video)
Mahalliy
Xorazmda 3-sinf o‘quvchilariga behayo xatti-harakatlar qilgan 61 yoshli o‘qituvchi besh sutkaga qamaldi