Surxondaryo viloyatidan Farg‘ona viloyatiga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi.
Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 10-may kunidan Termiz–Farg‘ona yo‘nalishida ilk aviaqatnovlar amalga oshirildi.
HY066 Termiz–Farg‘ona aviaqatnovlari haftaning faqat dushanba kunlari amalga oshiriladi.
HY065 Farg‘ona–Termiz aviaqatnovlari haftaning faqat payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Bundan avval O‘zbekistondan Hindiston va Turkiyaga amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatilgani, Toshkentdan Navoiyga aviaqatnovlar 14-maydan boshlab qayta tiklanishi hamda Qatar va O‘zbekiston o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)