“Milan” A Seriya 35-turi doirasida 9-may kuni “Yuventus”ga qarshi kechgan bahsda yirik hisobda (3:0) g‘alaba qozondi.
Ikkinchi bo‘limda uchrashuv hakami Paolo Valeri videotakrorlardan keyin turinliklar darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi. Frank Kessiening penaltidan yo‘llagan zarbasini Voytsex Shchensni bartaraf etdi.
“Milan” mavsum davomida 5-marta penaltidan foydalana olmadi. Bu top-5 ligalar joriy mavsumidagi eng yomon natija hisoblanadi. “Eybar” ham 2020/21-yilgi mavsumda beshta penaltini aniq oshira olmagan.
“Milan” 72 ochko bilan musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda, “Yuventus” (70) esa 5-pog‘onadan joy olgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)