Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 35-turida “Real” va “Sevilya” jamoalari 9-may, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning 22-daqiqasida Fernando Rejes mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 67-daqiqada Marko Asensio muvozanatni tikladi. 78-daqiqada uchrashuv hakami videotakrorlardan keyin madridliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. Uni Ivan Rakitich golga aylantirdi.
Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda maydon egalari hisobni tenglashtirishga erishdi: Toni Kroosning zarbasidan keyin to‘p Eden Azar tegib o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi hamda darvozadan joy oldi.
Shu tariqa 9-may kungi o‘yinlardan keyin La Liga musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:
La Liga
35-tur bahslari
9-may, yakshanba
“Real Madrid” — “Sevilya” 2:2
Gollar: 0:1 – 22 Fernando, 1:1 – 67 Asensio, 1:2 – 78, penalti Rakitich, 2:2 – 90+4 Azar.“Real Madrid”: Kurtua, Odriosola, Marselo (Migel Guterres, 66), Militao, Nacho, Kroos, Kazemiro, Valverde, Modrich (Asensio, 66), Vinisius Junior (Azar, 79), Benzema.
“Sevilya”: Bunu, Navas, Diyego Karlos, Kunde, Akunya, Gomes (an-Nesiri, 56), Jordan (Gudel, 84), Okampos (de Yong, 88), Fernando, Suso (Oskar Rodriges, 83), Rakitich (Oliver Torres, 88).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (21), Suso (56), Gudel (85).
Izoh (0)