“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionati 35-turi doirasida “Sevilya”ga qarshi kechgan o‘yindan (2:2) keyin bosh hakam Xuan Martines Munueraning qarori haqida gapirdi.
Men hech narsani tushunmadim. Agar Militaoda qo‘l bilan o‘ynash holati qayd etilgan bo‘lsa, undan avval “Sevilya”da ham xuddi shunday vaziyat bo‘lgandi.Ikkinchi bo‘limda madridliklar futbolchisi Karim Benzema raqib darvozaboni bilan birga bir vaziyatga chiqib borgan vaqtda qo‘pollik bilan to‘xtatildi va hakam 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Biroq videotakrorlardan keyin hakam bundan avvalgi hujumda to‘p Eder Militaoning qo‘liga teggani bois “Real” darvozasi tomon penalti belgiladi. Uni Ivan Rakitich golga aylantirdi.Hakamning izohlari meni ishontira olmadi. Men hech qachon hakamlar haqida gapirmaganman, biroq bugun jahlim chiqdi.
Nima bo‘lishidan qat’i nazar o‘tgan ish o‘tdi. Biz hech narsani o‘zgartirmoqchi emasmiz. O‘z o‘yinimizdan qoniqyapmiz, biroq yaxshiroq natijaga loyiq edik, sababi ikkinchi bo‘limni tajovuzkor o‘tkazdik.
Men ortiq hakamlik haqida gapirmoqchi emasman. Bu vaziyatga hech qanaqasiga tushuntirish bo‘lmaydi va bu meni bezovta qiladi. Hakam menga qoidalarni tushuntirsin, bori shu.
Biz oxirigacha kurashimiz. Qolgan uchta o‘yin haqida o‘ylashimiz zarur. Jahlim chiqyapti, chunki biz g‘alabaga munosib edik.
VAR? Men futbolga ishonaman. Shuni aytmoqchimanki, to‘p qo‘lga tegishiga oid ikkita vaziyat bo‘ldi, biroq penalti bizning darvozamiz tomon qo‘yildi.
Zinedin Zidan, “Real” bosh murabbiyi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)