Yerning turli nuqtalarida hafta davomida olingan qiziqarli suratlarni taqdim etamiz.

Meksikaning Gerrero shtatidagi Alkozauka shahrida ayollar va bolalar pinyata to‘qimoqda.

Foto: Reuters

Dehqonobodga toza ichimlik suvi keltirilishiga bag‘ishlangan marosimda bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov xalq baxshisi Qahhor baxshi Rahimov kuylayotgan qo‘shiqni tinglamoqda.

Foto: “Daryo” / Otabek Qo‘ldoshev

Moskvadagi G‘alaba kuni paradining umumiy mashg‘ulotlari.

Foto: EPA

Toshkentdagi “Ubay ibn Ka’b” masjididagi tarovih namozlarida Qur’on xatmi yakunlandi.

Foto: “Daryo” / Muhammadamin Toshkandiy

Islandiyada 24 yoshli Sol Ros Xlinsdottir va 28 yoshli Jon Hallur Unnarsson o‘zlarining unashtiruv marosimini faol vulqon oldida nishonladi.

Foto: Reuters

Kaliforniyaning San-Diyego shahridagi beysbol uchrashuvida to‘p uloqtirayotgan sportchi.

Foto: AP Photo

Pekinda panda kostyumidagi odam velosiped minishga harakat qilmoqda.

Foto: AP Photo

O‘zbekiston Superligasi doirasida “Andijon” jamoasini qo‘llab-quvvatlayotgan muxlislar.

Foto: Chempion TV

Nyu-Dehlidagi krematoriyda COVID-19’dan vafot etgan erini yondirish vaqtida yig‘layotgan ayol.

Foto: Reuters

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev harbiy texnikani ko‘zdan kechirmoqda. 24-aprel kuni koronavirusga chalingan hokim kasallikdan tuzalib, ish faoliyatini davom ettirmoqda.

Foto: “Daryo” / Otabek Qo‘ldoshev

Haydaroboddagi “Makka” masjidida Ramazon hayiti oldidan muqaddas oyning so‘nggi jumasida Jummat-ul-Vida namozini o‘qiyotgan bola orqasiga o‘girilib qarayapti.

Foto: AFP

Rio-de-Janeyro politsiyasi 6-may kuni Jakarezinyu hududida giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi to‘daga qarshi maxsus operatsiya o‘tkazdi. Operatsiya mobaynida kelib chiqqan otishmada bir nafar politsiyachi va 24 gumonlanuvchi halok bo‘ldi.

Foto: Reuters

Hindistonning Gauhati chekkasidagi Pobitora qo‘riqxonasida baliq ovlayotgan hind marabusi.

Foto: AP Photo

Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 1990-yilda ishga tushgan “Al Buxoriy” jome masjidida Qur’on xatmi yakunlangandan so‘ng imom bilan so‘rashayotgan musulmonlar.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Tbilisida koronavirus tarqalishi sabab jamoat transporti to‘xtatilganidan keyin shahar avtovokzalida to‘planib turgan avtobuslar.

Foto: AFP

Livanning Sidon shahrida O‘rta dengizga sakrayotgan yosh yigit.

Foto: AP Photo

O‘zbekistonlik sobiq MMA jangchisi, hozirda BAAda istiqomat qilayotgan Umid Mavlonov o‘zining Instagram sahifasida Krishtianu Ronaldu bilan birga tushgan navbatdagi suratni namoyish qildi. Unda portugaliyalik futbolchi o‘zbek choponi kiyib olganini ko‘rish mumkin. “Yangi O‘zbekistonda qo‘lda tikilgan chopon”, — deyiladi izohda.

Foto: Instagram / @landan3

Berlindagi suv havzasida yurgan qashqaldoq polaponlari.

Foto: Getty Images

Avstraliyadagi ot poygalari.

Foto: Getty Images

Chaqmoq urayotgan Bangkok shahridagi binolar.

Foto: AFP

Mexiko shahrida mahalliy vaqt bilan 3-may kuni 22:30 da 12-metro liniyasi ko‘prigi poyezd o‘tib ketayotgan paytda qulab tushgan. Hodisaga metro ko‘prigi ustunlaridan biriga avtomobil kelib urilishi sabab bo‘lgan. Ko‘prik qulashi oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.

Foto: Reuters

Hindistonning Navi-Mumbay shahridagi botqoqli yerlarda to‘plangan flamingolar.

Foto: Getty Images

Falastinlik ayol G‘azo shahrining “Al-Daraj” mahallasidagi rangli zinapoyadan tushib kelyapti.

Foto: AFP

Quddusdagi xristianlarning Muqaddas qabr cherkovida diniy marosim bo‘lib o‘tmoqda. Xristianlar ushbu joyda Iso alayhissalom dafn qilingan va 3-kun tirilgan deb ishonishadi.

Foto: AP Photo

Donetsk yaqinida xandaqda turgan ukrain askari tepadan o‘tayotgan vertolyotga ishora qilmoqda.

Foto: AP

Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels qirg‘og‘idagi syorfingchilar.

Foto: EPA

Germaniyaning Frankfurt shahri atrofida tong otyapti.

Foto: AP Photo

Los-Anjelesda “Yulduzlar jangi” (Star wars) filmi kunida restoranga tashrif buyurganlar.

Foto: AP Photo

Xitoyning Shijiazhuang shahri yaqinidagi o‘rmonda in qurish uchun has olib kelayotgan kulrang sayg‘oq.

Foto: Getty Images

Marokashning Atlas tog‘laridagi markaziy Tinghir viloyatidagi Kelaat Mguna shahridagi uyning tashqarisida gul barglarini saralayotgan ishchi ayol.

Foto: AFP