Markaziy bank 10-maydan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 18,36 so‘mga ko‘tarilib, 10 511,84 so‘mni tashkil qildi. Yevro 55,75 so‘mga ko‘tarilib, 12 697,25 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 7,74 so‘mga pastlab, 10 493,84 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistonda ushbu valyuta kursi qatorasiga to‘rt kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bankning bazaviy prognozlariga ko‘ra, 2021-yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya 9—10 foiz bo‘lishi kutilmoqda. Markaziy bank Moliya vazirligining prognozlariga qaramay, 2023-yilda inflyatsiya 5 foizga yetishiga ishonmoqda.
Izoh (0)