• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashidjon Qodirov qamoqda tikuv sexida ishlayapti, DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev esa chinni idishlarga naqsh solmoqda

    Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili qoshidagi komissiyasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tizimidagi 22-sonli koloniyada monitoring o‘tkazdi. Komissiya tarkibida bo‘lgan O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov ushbu koloniyada saqlanayotgan O‘zbekistonning ikki sobiq bosh prokurori — Rashidjon Qodirov va Ixtiyor Abdullayev bilan bo‘lgan uchrashuv tafsilotlarini Facebook’dagi sahifasida yozib qoldirdi.

    Qamoqxonada ikki sobiq bosh prokuror bilan gaplashdim

    Kecha (5-may kuni) Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili qoshidagi komissiya tarkibida IIV JIEBB tizimidagi 22-sonli koloniyada monitoring o‘tkazdik.

    Milliy prezentiv mexanizm islohoti doirasidagi o‘rganishlarimiz bu safar huquqni muhofaza qilish organlarining sobiq xodimlari jazo muddatini o‘tashi uchun maxsuslashtirilgan koloniyada kechdi. 1200 nafar mahkumni saqlashga mo‘ljallangan mazkur koloniyada hozirgi kunda 273 nafar mahkum jazo muddatini o‘tamoqda.

    Foto: Facebook / Abdurahmon Tashanov
    Koloniyaning boshqa koloniyalardan sharoit nuqtayi nazaridan deyarli farqi yo‘q. Qamoqxonalarga belgilangan standartlar — tibbiyot, o‘quv, ovqatlanish va ishlab chiqarish bo‘limlari tashkil qilingan. Sport mashg‘ulotlari uchun alohida sharoitlar mavjud.

    Xullas, qamoqxona sharoiti, umumiy ahvol, mahkumlarga munosabat masalasida muammolar ko‘pam ko‘zga tashlanmaydi. Har holda “chest mundira”, “qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimas” singari beo‘xshov matallarga ergashilsa, bu yerda muammolarning kamligini tushunish mumkin bo‘ladi.

    Bu o‘rinda jamoatchilikni ko‘proq qiziqtiradigan manzara borki, shaxsan mening zonaga tashrifim ham, bu postni yozishga undagan jihat ham shudir. Ya’ni, bu yerda jazo muddatini o‘tayotgan yuqori darajadagi mulozimlar — sobiq bosh prokurorlar Rashidjon Qodirov, Ixtiyor Abdullayev, sobiq MXX katta zobiti Javdat Sharifxo‘jayev, bosh prokuror o‘rinbosari Ulug‘bek Sunnatov va Xurramov.

    Avval mamlakatimizga uch muddat bosh prokurorlik qilgan Rashidjon Qodirov bilan suhbatlashdik. U kishidan sharoitlar, mahkumlarga muomala haqida so‘radim. Har holda hushyor odam — yaqin bir oyda manzil koloniyaga chiqishini, shikoyatlari yo‘qligini, BMT strukturalariga qiynoqlar bo‘yicha shikoyat qilmaganini, sog‘lig‘i yaxshiligini aytdi. “Yurak bo‘yicha avvalroq sangorodda davolangandik, hozir hammasi yaxshi”, dedi Qodirov.

    Rashidjon Qodirov.

    Rashidjon Qodirov.
    Arxiv surati.
    Ko‘rdikki, sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirov hozirda tikuv sexida ishlamoqda. Uning qo‘lidan chiqqan guldor matolardan tikilgan bejirim ayollar ko‘ylagi, lozimi va boshqa ashyolar ko‘zni quvontiradi. Rasmlarga olishdi, komissiyamiz vakillari hademay bu rasmlarni chop qilsa kerak.General Abdullayevni chinni sexida, idishga naqsh solayotgan jarayonda uchratdim. Ungacha muassasaning tibbiy bo‘limiga kirib, u kishining tibbiy kartasi bilan tanishgandim. Hujjatga ko‘ra, Abdullayev Jinoyat kodeksining 242-moddasi (jinoiy uyushma tashkil etish) va 301-moddasi (hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi) bilan 16 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Unga nisbatan yaqin orada ikki marta o‘tkazilgan koronavirus testi manfiy chiqqan. Bo‘yin umurtqa pog‘ona qismidagi og‘riqdan shikoyat qilgan. Ko‘zining ko‘rish darajasi birinchi ko‘zda +1 va ikkinchi sohada +2,58.

    Ixtiyor Abdullayev (arxiv).

    Ixtiyor Abdullayev (arxiv).
    Foto: “Gazeta.uz”
    Tibbiyot qismi shifokorining aytishicha, Abdullayev 2017-yilda Germaniyada ko‘z gavharlarini almashtirish bilan bog‘liq jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan. Ya’ni, ko‘z xastaligi tergov yoki zonada orttirilmagan.

    Sobiq bosh prokurorga uning otasi va o‘g‘li bir qancha OAV orqali jamoatchilik va prezidentga murojaat qilgani, unga nisbatan qiynoqlar qo‘llanilgani va hozirda uni yaqinlari bilan ko‘rishtirishmayotgani, izolyatsiyada saqlanayotgani haqida bayonotlar berishayotganini aytdim. U kishi “hammasi yaxshi bo‘ladi, bu gaplar prezidentimizga yetib borsa, adolat qiladilar”dan nariga o‘tmadi.

    Ta’kidlash kerakki, ikki sobiq bosh prokuror ham o‘ta ehtiyotkorlik bilan muomalada bo‘ldi. To‘g‘rirog‘i, komissiyalarning nimaligi, qayergacha bora olishini o‘tmishdagi faoliyati orqali yaxshi biladigan bu mulozimlar vaziyatni murakkablashtirib o‘tirishmadi. Har holda menga shunday tuyuldi.

    Sexlardan chiqayotib, sobiq MXX polkovnigi Javdat Sharifxo‘jayev bilan ko‘rishdim. U gapni qisqa qilib, hech qanday shikoyati yo‘qligini ta’kidlagan holda qochib qoldi...

    Umuman, koloniyadagi manzara meni qoniqtirdi. Masalan, siyosiy ahamiyatga molik bo‘lgani uchun bosh prokurorlarga alohida mulozamat yoki kuzatuv yo‘q. Alohida osh-ovqat ham ajratilmagan. Ko‘pchilikka nima bo‘lsa, shu.

    Koloniyaning kattagina qismi ta’mirda ekan. Oshxonadagi osh-ovqatlar yomonmas. Kutubxona, sport zallari va zerikib qolmaslik va pul topish uchun tashkil qilingan sexlar shular jumlasiga kiradi.

    Foto: Facebook / Abdurahmon Tashanov
    G‘alatiroq taassurotlar bilan qaytdim. Bir paytlar u bilan suhbatlashish, so‘roqqa tutish tugul oldiga bora olmaganimiz bu odamlar bugun mahzun, avvalgi salobatdan asar ham yo‘q...

    Abdurahmon Tashanov, O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi

    2000—2015-yillarda O‘zbekiston bosh prokurori sifatida ishlagan Rashidjon Qodirov 2019-yil iyunida bir qator og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarda ayblanib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Ixtiyor Abdullayev esa 2019-yil sentabrida O‘zbekiston harbiy sudi tomonidan 18 yilga ozodlikdan mahrum etilgani e’lon qilingan edi — u, jumladan, jinoiy uyushma tashkil etib, juda ko‘p miqdorda pora olish, O‘zbekiston manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish, tovlamachilikda ayblangan edi. Abdullayev qamoqqa olinishidan avval salkam bir yil DXXga rahbarlik qilgan, undan avval — 2015—2018 yillarda O‘zbekiston bosh prokurori sifatida ishlagan.

    06.05.2021, 15:48   Izoh (0)   169780
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda o‘quvchilarning maktabda bo‘lish vaqti Face ID tizimi orqali nazorat qilinadi

    06.05.2021, 15:34

    O‘zbekistonda avia va temiryo‘l chiptalariga ajratiladigan subsidiyalar miqdori tasdiqlandi

    06.05.2021, 14:33

    Toshkentdagi Mingo‘rik yodgorligi yonida IIBB Ma’naviyat va ma’rifat markazi binosini qurish ishlari to‘xtatildi

    06.05.2021, 14:09

    Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov may—iyun oylarida Bryusselga borishi kutilmoqda

    06.05.2021, 13:47

    Toshkent viloyatida ichki ishlar xodimi kiyimida raqsga tushgan sartarosh 7 sutkaga qamaldi

    06.05.2021, 13:26

    O‘zbekistonda 7-may kuni qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

    06.05.2021, 13:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Xomanaiyni sharmandali o‘limdan qutqarganini aytdi

    Dunyo | 27 iyun, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 27-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 iyun, 23:05

    “Paxtakor” metro bekatida 3 yoshli qizaloqning oyog‘i vagon eshigiga qisilib qoldi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:46

    Sherzod Asadov “Oltin qalam” g‘oliblarini taqdirlash marosimida prezidentning OAV xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:25

    Superliga. Qo‘qondagi gollar shousida “Dinamo” “Qo‘qon-1912”ni mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 27 iyun, 22:09

    Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:40

    Shavkat Mirziyoyevning Belarusga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:10

    Toshkentda onlayn narkodo‘konning 5 nafar aʼzosi qo‘lga olindi (video)

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:55

    O‘zbekistonda qamoqqa olinganlarni qiynoqqa solish hollarining oldini oluvchi qonun imzolandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.