Toshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi, Abulqosim Eshon madrasasi, Milliy bog‘dagi eski amfiteatr va avvalroq “snos” qilingan “Navro‘z” to‘yxonasi oralig‘idagi favvora buzib tashlandi. Bu haqda Telegram’dagi O‘zbekiston poytaxti hayotini yoritib boruvchi kanallarda ma’lum qilindi.

Xarita: “Yandeks”

Xabar berishlaricha, favvora buzilib, uning o‘rni qazlganidan so‘ng yerosti koridorlari ko‘ringan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, bu O‘rta Osiyodagi eng yirik musiqali favvorani ishga tushirish bo‘yicha 1970-yillar oxiri — 1980-yillar boshida ishlab chiqilgan, biroq yakunda to‘la ro‘yobga chiqmay qolgan loyihaning texnik inshootlaridir.

Ushbu hududda ish olib borayotgan Tashkent City direksiyasi vakillari “Daryo” muxbiriga jarayonni qisman suratga tushirishga ruxsat berdi, biroq bu joy aynan nimaga hozirlanayotgani haqida ma’lumot bermadi.

Avvalroq buzilgan favvoraga yondosh hududdagi “Navro‘z” to‘yxonasi buzib tashlangan edi. Uning o‘rnida “yosh olimlar, yoshlar va kitob ixlosmandlariga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan, ilm-fan va san’atning turli sohalariga oid bosma va elektron davriy nashrlarning ulkan salohiyatiga ega bo‘lgan” hamda 1,5 million dona kitob fondi bor ulkan kutubxona qurilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Milliy bog‘ hududida Alisher Navoiy nomidagi ijod maktabi, Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyining yangi binosi, yangi Milliy drama teatr binosi, mashhur yaponiyalik arxitektor Tadao Ando loyihasi asosida davlat san’at muzeyining namoyishlari kompleksini qurish ishlari ham boshlangan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman