• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    BMT, Yevroittifoq, Xitoy, O‘zbekiston, Qozog‘iston. Qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojaroga dunyo qanday munosabat bildirdi?

    Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev qirg‘iz-tojik davlat chegarasidagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi. U ikki mamlakat o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuv haqidagi ma’lumotni chuqur xavotir bilan qabul qilganini bildirdi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    “Qirg‘iz va tojiklar Qozog‘iston uchun birodar xalq, bizni umumiy tarix va madaniy qadriyatlar birlashtiradi. Tinchlik, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat davlatlarimiz va xalqlarimizga xos xususiyat”, — dedi To‘qayev.

    Qozog‘iston prezidenti respublikalar vakillari o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish va harbiy kuchlarni to‘qnashuv zonasidan olib chiqish to‘g‘risida kelishuvni mamnuniyat bilan qabul qildi. U Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasidagi mojaroni hal qilish uchun harakat qilishga shaxsan tayyorligini aytdi.

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Qayd etilishicha, davlat rahbarlari Tojikiston–Qirg‘iziston chegarasidagi vaziyatning rivojlanishini muhokama qildi.

    Shavkat Mirziyoyev yuzaga kelgan vaziyatni tez fursatda hal qilish va uning keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha Tojikiston va Qirg‘iziston tomonlari erishgan kelishuvlarni qo‘llab-quvvatladi.

    Xuddi shu kuni Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan ham telefon orqali muloqot qildi. Prezidentlar Qirg‘iziston—Tojikiston chegarasida yuzaga kelgan vaziyatni va uni tez fursatda hal qilishni muhokama qildi.

     

    Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining voqeaga munosabati

    Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining (KXShT) bosh kotibi Stanislav Zas Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi mojaroga izoh berdi. Uning ta’kidlashicha, “chegaradagi ziddiyatga barham berish va vaziyatni tinch yo‘l bilan yumshatish lozim”.

    «KXShT bu mojaroga barham berish kerak edi, deb hisoblaydi. Buni tinch yo‘l bilan hal qilish lozim. Ushbu mojaroni tugatish uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda”, — deya bosh kotibning so‘zlarini keltirdi KXShT matbuot vakili.

    Unga ko‘ra, Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan KXShT yig‘ilishida Stanislav Zas Qirg‘iziston va Tojikiston xavfsizlik kengashlari kotiblari Risgeldi Musayev va Nasrullo Mahmudzoda bilan mavjud vaziyatni muhokama qildi.

    Dushanbeda 29-aprel kuni KXShT Xavfsizlik kengashlari kotiblari qo‘mitasining yig‘ilishi, 27-aprel kuni esa KXShT mudofaa vazirlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    KXShT tarkibiga Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va Belarus kiradi. Tashkilot “tinchlik, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, tashkilotga a’zo davlatlarning mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetini jamoaviy asosda himoya qilish” maqsadida yaratilgan.

    BMT vaziyatni xavotir bilan kuzatmoqda

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibining rasmiy vakili o‘rinbosari Farxan Xakning aytishicha, BMT Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi vaziyatni xavotir bilan kuzatmoqda.

    “Biz buni xavotir bilan kuzatmoqdamiz, hodisaga oid xabarlarni ko‘rdik. Shuningdek, Tojikiston ham, Qirg‘iziston ham o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib olganidan xabardormiz. Agar haqiqatan ham shunday bo‘lsa, biz kelishuvni mamnuniyat bilan qabul qilamiz”, — dedi Xak.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, BMT har ikki tomonni ham muzokaralar olib borishga va kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqiradi.

    Yevropa Ittifoqi Tojikiston va Qirg‘izistonning sulh to‘g‘risidagi qarorini ma’qullamoqda

    Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burianning tashabbusi bilan Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bergan.

    Suhbat davomida tomonlar tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi. Tashqi ishlar vaziri Yevroittifoq vakiliga Tojikistonning Qirg‘iziston bilan chegara hududlaridagi mavjud vaziyat va o‘t ochishni to‘xtatish choralari hamda siyosiy va diplomatik vositalardan foydalangan holda vaziyatni yanada normallashtirish bo‘yicha erishilgan kelishuv to‘g‘risida xabar berdi.

    “Yevroittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Tojikiston rahbariyatining qo‘shni davlat bilan o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuvga erishish borasida oqilona qarorini mamnuniyat bilan qabul qildi”, — dedi Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi axborot bo‘limi.

    Shuningdek, maxsus vakil chegarada qo‘shma loyihalar va dasturlarni amalga oshirish doirasida Yevropa Ittifoqi texnik ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

    Xitoy Qirg‘iziston va Tojikiston chegara mojarosini to‘g‘ri hal etishiga umid qilmoqda

    “Xitoy chegaradagi mojaro yuzasidan tegishli xabarlarga e’tiborni qaratdi, bilishimizcha, tomonlar allaqachon o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuvga erishgan”, — dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbin.

    Uning ta’kidlashicha, Qirg‘iziston ham, Tojikiston ham do‘stona qo‘shnilar va Xitoyning har tomonlama strategik sheriklari hisoblanadi.

    “Biz umid va ishonch bildiramizki, tomonlar ziddiyatlar va kelishmovchiliklarni o‘zaro hurmat va do‘stona maslahatlashuvlar asosida hamda mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar asosida to‘g‘ri hal qiladi”, — dedi diplomat.

    Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi nizo Isfara daryosi yuqori oqimlaridagi “Golovnoy” suv taqsimlash punkti yaqinida boshlandi, mazkur joyni ikkala davlat vakillari ham o‘zlariniki deb hisoblaydi. 29-aprelda ikki davlat harbiylari o‘rtasida otishma sodir bo‘lgan. 30-aprel kuni Qirg‘iziston prezidenti Tojikiston bilan chegaradagi vaziyat barqarorlashganini ma’lum qildi. Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mojaroda jabrlanganlar soni 134 kishiga yetdi, 13 kishi vafot etdi.

    Mavzuga doir:

    • Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi nizo. Asosiy ma’lumotlar
    • Qirg‘iz-tojik chegarasida mahalliy to‘qnashuvlar yuz bermoqda. Qirg‘iziston Tojikistonni provakatsiyalarda ayblamoqda

    30.04.2021, 18:22   Izoh (0)   37700
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koronavirusga chalinganlar soni 150 milliondan oshdi, Fransiyada barcha COVID-cheklovlar bekor qilinadi, “hindcha” shtamm yana qaysi mamlakatlarda aniqlandi? Koron...

    30.04.2021, 17:12

    Bishkekda koronavirus tufayli masjidlarda juma namozlari vaqtinchalik taqiqlandi

    30.04.2021, 14:46

    Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegarada yana otishmalar yuz bergani va harbiy texnika to‘planganini ma’lum qildi

    30.04.2021, 13:08

    Qirg‘iz-tojik chegarasida mahalliy to‘qnashuvlar yuz bermoqda. Qirg‘iziston Tojikistonni provakatsiyalarda ayblamoqda

    30.04.2021, 12:47

    Qirg‘iziston prezidenti Tojikiston bilan chegaradagi vaziyat barqarorlashganini ma’lum qildi

    30.04.2021, 12:10

    Marsdagi NASA vertolyoti to‘rtinchi parvozini amalga oshira olmadi

    30.04.2021, 11:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.