• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Koronavirusga chalinganlar soni 150 milliondan oshdi, Fransiyada barcha COVID-cheklovlar bekor qilinadi, “hindcha” shtamm yana qaysi mamlakatlarda aniqlandi? Koronaxabarlar

    Butun dunyoda pandemiya boshidan buyon 150 551 424 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlari guvohlik bermoqda. So‘nggi uch oy ichida kasallanganlar soni 50 millionga oshgan: 100 million kishilik marradan 26-yanvar kuni o‘tilgan edi.

    Hindistonliklar kislorod ballonlarini to‘ldirish uchun kislorod savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konga navbatda turibdi, Nyu-Dehli

    Hindistonliklar kislorod ballonlarini to‘ldirish uchun kislorod savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konga navbatda turibdi, Nyu-Dehli
    Foto: EPA

    Infeksiyani yuqtirganlar soni bo‘yicha AQSh (32,2 million), Hindiston (18,7 million), Braziliya (14,5 million), Fransiya (5,6 million) va Turkiya (4,7 million) yetakchilik qilmoqda. Yuqori o‘nlikdan, shuningdek, Rossiya (4,7 million), Buyuk Britaniya (4,4 million), Italiya (4 million), Ispaniya (3,5 million) va Germaniya (3,3 million) ham o‘rin oldi.

    Dunyo bo‘ylab koronavirus oqibatidagi o‘limlar soni esa 3 166 697 taga yetdi.

    Mavzuga doir:

    • Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 120 milliondan oshdi
    • Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 100 mln kishiga yetdi

    Xitoy, Fransiya, Ruminiya va Isroilda “hindcha” shtamm aniqlandi

    Koronavirusning “hindcha” variant bilan kasallanish holatlari Ruminiya, Isroil, Fransiya va Xitoyda qayd etildi. Ruminiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, mamlakatda COVID-19’ning yangi shtammini yuqtirish holati birinchi marta 26 yoshli bemorda tasdiqlangan, u Ruminiyaga bir oycha avval kirib kelgan. Shu munosabat bilan hukumat yaqinda Hindistondan kelgan quruvchilar orasida koronavirus avj olishini tekshirmoqda.

    Shuningdek, infeksiyaning “hindcha” variantiga chalinish bilan bog‘liq bitta holat Fransiya janubi-g‘arbidagi Lo va Garona departamentida aniqlangan. Bemor mamlakatga yaqinda Hindistondan qaytib kelgan. Hudud rahbariyati sayohatchiga o‘z-o‘zini yakkalash majburiyatini yuklab, u muloqot qilgan odamlar orasida katta ko‘lamli tekshiruv boshladi.

    O‘z navbatida, Isroil SSV mamlakatda qayd etilgan “hindcha” shtamm bilan bog‘liq 41 ta holat haqida ma’lum qildi. Infeksiyani yuqtirganlarning to‘rt nafari COVID-19’ga qarshi emlangan bo‘lgan.

    Yangi shtamm bilan kasallanganlarning 24 nafari yaqinda chet eldan qaytib kelgan, qolgan 17 nafari mamlakat ichida virusga chalingan.

    Shuningdek, Xitoyda ham koronavirusning “hindcha” shtammiga chalinish holatlari kuzatildi. Ushbu variant biryo‘la bir nechta shaharlarda aniqlangan.

    Mavzuga doir: Hindistonda koronavirusning qo‘shmutatsiyali turi aniqlandi

    Fransiyada COVID-cheklovlarning barchasi iyun oxiriga kelib bekor qilinadi

    Fransiya prezidenti Emmanuel Makron koronavirus pandemiyasi tufayli kiritilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilish rejasini taqdim etdi. Unga ko‘ra, cheklovlar 3-maydan 30-iyunga qadar to‘rt bosqichda olib tashlanadi.

    3-may kuni fuqarolarning harakatlanishi hamda boshqa hududlarga safarlarga cheklovlar bekor qilinadi. Katta sinf o‘quvchilari va talabalar qatnab o‘qishni boshlaydi.

    19-maydan komendantlik soati 2 soatga qisqaradi (21:00 dan boshlanadi). Do‘konlar, muzey, teatr va kinoteatrlar, shuningdek, kafelar ayvonlari ochiladi, ammo ba’zi cheklovlar saqlanib qoladi.

    9-iyundan komendantlik soati yana 2 soat orqaga suriladi (23:00 dan boshlanadi), shuningdek, ko‘ngilochar va boshqa muassasalar ochiladi.

    30-iyunda esa Fransiyada komendantlik soati bekor qilinadi. Biroq o‘zi bilan sertifikat olib yurish majburiyati saqlanib qoladi.

    Mavzuga doir: Fransiya koronavirus sabab Braziliya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi

    Shuningdek:
    • Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropani koronavirus cheklovlarini shoshma-shosharlik bilan bekor qilish oqibatlari haqida ogohlantirdi. JSSTning Yevropa bo‘linmasi rahbari Xans Klyugening so‘zlariga ko‘ra, Yevropaning ko‘plab mamlakatlari shu hafta cheklovlarni yumshatishni boshlashni rejalashtirmoqda, vaholanki, yangi holatlarning o‘sishi endigina pasayishni boshlagan. “CHeklov choralarining juda tez bekor qilinishi har qanday mamlakatda kuchli bo‘ronga olib kelishi mumkin”, — dedi u.
    • JSST rahbari Tedros Gebreyesusning ma’lum qilishicha, ayni paytgacha dunyoda 1 milliarddan ortiq dozada koronavirusga qarshi vaksina bilan emlangan, ammo shularning 82 foizi daromadi yuqori yoki o‘rtachadan balandroq bo‘lgan mamlakatlarda qabul qilingan, 0,3 foizi esa daromad darajasi past bo‘lgan mamlakatlarda emlangan. Gebreyesus COVID-19’ga qarshi vaksina taqsimotidagi tengsizlikni pandemiyaning bosh muammolaridan biri deb atadi.

    30.04.2021, 17:12   Izoh (0)   22107
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bishkekda koronavirus tufayli masjidlarda juma namozlari vaqtinchalik taqiqlandi

    30.04.2021, 14:46

    Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegarada yana otishmalar yuz bergani va harbiy texnika to‘planganini ma’lum qildi

    30.04.2021, 13:08

    Qirg‘iz-tojik chegarasida mahalliy to‘qnashuvlar yuz bermoqda. Qirg‘iziston Tojikistonni provakatsiyalarda ayblamoqda

    30.04.2021, 12:47

    Qirg‘iziston prezidenti Tojikiston bilan chegaradagi vaziyat barqarorlashganini ma’lum qildi

    30.04.2021, 12:10

    Marsdagi NASA vertolyoti to‘rtinchi parvozini amalga oshira olmadi

    30.04.2021, 11:46

    Isroilda diniy bayram paytida yuzaga kelgan tiqilinchda 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi (foto va video)

    30.04.2021, 11:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.