Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xabarda aytilishicha, suhbatda mintaqaviy hamkorlik va ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Prezidentlar Qirg‘iziston—Tojikiston chegarasida yuzaga kelgan vaziyatni va uni tez fursatda hal qilishni muhokama qildi. Qirg‘iziston va Tojikiston tomonlari vaziyatni barqarorlashtirish va uning yanada keskinlashishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan kelishuvlarga erishgani mamnuniyat bilan qayd etdi.

Yuzaga kelayotgan barcha bahsli masalalar ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va sheriklik ruhidagi muloqot asosida hal qilinishi zarur ekani ta’kidlangandi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi nizo Isfara daryosi yuqori oqimlaridagi “Golovnoy” suv taqsimlash punkti yaqinida boshlandi, mazkur joyni ikkala davlat vakillari ham o‘zlariniki deb hisoblaydi. 29-aprelda ikki davlat harbiylari o‘rtasida otishma sodir bo‘lgan. 30-aprel kuni Qirg‘iziston prezidenti Tojikiston bilan chegaradagi vaziyat barqarorlashganini ma’lum qildi. Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mojaroda jabrlanganlar soni 134 kishiga yetdi, 13 kishi vafot etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi