• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi nizo. Asosiy ma’lumotlar

    Qirg‘iziston hamda Tojikiston chegarasidagi vaziyat 28-aprelda mahalliy aholi vakillarining suv resurslariga bo‘lgan ehtiyoji sabab yuzaga kelgan to‘qnashuvlar tufayli yanada chigallashdi. O‘qotar qurollar ishlatilgan bir nechta sershovqin janjallardan keyin chegara hududida ikki davlat harbiylari o‘rtasida ham konflikt kuzatildi.

    Foto: Botken viloyati harbiy ishlar boshqarmasining axborot xizmati

    Foto: Botken viloyati harbiy ishlar boshqarmasining axborot xizmati

    Tomonlar 29-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi. “TASS” nashri sodir bo‘lgan voqealar ketma-ketligi asosida ma’lumotni e’lon qilgan.

    Nimalar sodir bo‘ldi?Ikki mamlakat aholisi o‘rtasidagi nizo Isfara daryosi yuqori oqimlaridagi “Golovnoy” suv taqsimlash punkti yaqinida boshlandi, mazkur joyni ikkala davlat vakillari ham o‘zlariniki deb hisoblashadi.

    Xabarlarga ko‘ra, Tojikiston fuqarolari Qirg‘izistonning ikki tumanini o‘zaro bog‘lab turadigan avtoyo‘lni yopib qo‘ygan, qirg‘izlar esa Tojikistonning Vorux anklav hududiga olib boradigan yo‘lni to‘sgan.

    Qirg‘iziston chegara xizmatining axboroti bo‘yicha 29-aprelda ikki davlat harbiylari o‘rtasida otishma sodir bo‘lgan. Idora tojik tomonining minomyot hisob-kitob pozitsiyalarini egallashni tashkillashtirayotganini qayd etgan. “24.kg” Qirg‘izistondagi konflikt hududidan 850 nafar tinch aholi vakillari evakuatsiya qilingani haqida xabar bergan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Keyinchalik Qirg‘iziston chegara xizmati Tojikiston harbiylarining “Dostuk” zastavasidagi bir nechta post va chegara zastavalariga o‘t ochgani va u yerda yong‘in sodir bo‘lganini xabar qildi. Mazkur harakatlarga javoban Qirg‘iziston chegara qo‘shinlarining maxsus otryadlari Tojikiston hududidagi chegara zastavasini egallagan. Ikkala mamlakat chegara qo‘shinlari harbiy nizo sodir bo‘lgan hududlarga qo‘shimcha kuchlar yuborishni boshlagan.

    Ikki tomon ham nizoda bir-birini aybladiQirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi to‘qnashuvlar oqibatida ikki nafar odamning halok bo‘lganini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, 26 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olib, yaralangan.

    Dushanbe esa o‘n nafar odam to‘qnashuvlar oqibatida talafot ko‘rgani, ikki kishi o‘qotar quroldan yaralanganini bildirgan.

    Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan sudga qadar tergov jarayoni boshlangan, Bishkek Tojikistonni suv inshootini minomyot va pulemyotlar yordamida egallab olishga uringanlikda ayblamoqda. Qirg‘iziston chegara xizmati tojik tomoni konfliktni atayin yaratishga uringani va vaziyatni keskinlashtirishga harakat qilganini ta’kidlagan.

    O‘z navbatida Dushanbe ham Qirg‘iziston hukumatini provokatsiyada ayblagan.

    O‘t ochish to‘xtatildiQirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov vaziyat yuzasidan Xavfsizlik kengashining qisqa tarkibi ishtirokida yig‘ilish o‘tkazgan va unda Tojikiston bilan chegaradagi vaziyatni tinchlik yo‘li bilan hal etish haqida topshiriq bergan.

    Qirg‘iziston va Tojikiston tashqi ishlar vazirlari 29-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da o‘t ochishni to‘xtatish haqida kelishib oldi. Shuningdek, tomonlar chegara oldi hududlarida qo‘shma patrul tadbirlari va monitoring olib borish masalasini ham hal etib olgan.

    Qirg‘iziston vazirlar mahkamasining matbuot xizmati chegara hududidagi vaziyat tufayli ikki davlat hukumat rahbarlari Qozonda Yevrosiyo hukumatlararo kengashining yig‘ilishi doirasida uchrashib, holatni muhokama qilishi haqida xabar bergan.

    Nizoga nimalar sabab bo‘ldi?Qirg‘iziston tomoni “Golovnoy” suv taqsimlash tarmog‘i Qirg‘iz Respublikasining strategik obyekti ekani va mamlakat hududida joylashganligini aytmoqda.

    Dushanbe esa 1924–1927-yillardagi va 1989-yildagi xaritalarga ko‘ra “Golovnoy” to‘liq Tojikistonga qarashli deb hisoblaydi.

    Ko‘p jihatdan ikki mamlakat o‘rtasidagi taxminan 980 kilometrlik bahsli hududning 580 kilometrga yaqin qismi delimitatsiya va demarkatsiya qilinishi kutilmoqda.

    Nizo kelib chiqishidan bir necha kun oldin nimalar bo‘lgandi?24-aprelda Qirg‘izistonning ikki nafar fuqarosi bedarak yo‘qoldi, ular Tojikiston bilan chegara hududida qurilishda faoliyat olib borgan. Keyinchalik ularni qo‘shni respublika huquq-tartibot idoralari hibsga olgani oydinlashdi. Qirg‘izistonda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan. 25-aprelda Tojikiston hibsga olingan fuqarolarni Qirg‘iziston hukumati ixtiyoriga topshirgan. Ikkala fuqaro ham Qirg‘izistonning Botken viloyati Leylek tumanida yashovchi kishilar bo‘lgan.

    26-aprelda Tojikistonning Qirg‘izistondagi elchisiga norozilik notasi topshirildi. 28-aprelda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Qirg‘izistonning mamlakatdagi elchisi Janish Rustenbekovga chegara hududida sodir bo‘lgan hodisa sabab norozilik notasi yo‘llagan.

    “Qirg‘iziston elchisiga Tojikiston Tashqi ishlar vazirligining notasi topshirildi, unda Vorux tumani Isfara shahri Kulik jamoatidagi ikki nafar voyaga yetmagan tojikistonliklarga nisbatan Qirg‘iziston chegara xizmati vakillari tomonidan noqonuniy harakatlar amalga oshirilganidan xavotirda ekanligi bildirilgan”, – deyiladi Tojikiston TIV xabarida.

    Mavzuga doir: O‘zbekiston qirg‘iz—tojik mojarosi tomonlarini to‘qnashuvlarni zudlik bilan tugatishga chaqirmoqda

    29.04.2021, 22:22   Izoh (0)   106982
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hindistonda COVID-19’ga chalinish bo‘yicha yana jahon rekordi yangilandi. AQSh koronavirusga qarshi kurashda Hindistonga 100 mln dollarlik yordam yuboradi

    29.04.2021, 21:57

    Koronavirus pandemiyasi tezlashdi, Ispaniya sayyohlar uchun ochiladi, COVID-19’ga nisbatan immunitet qancha vaqt saqlanadi? Koronaxabarlar

    29.04.2021, 19:07

    AQSh o‘zining Rossiyadan qurol sotib oladigan ittifoqdoshlariga sanksiyalar qo‘llash bilan tahdid qildi

    29.04.2021, 15:34

    Qirg‘iziston mojarodan keyin Tojikiston bilan chegaradosh qishloqlarda favqulodda holat rejimini joriy qildi

    29.04.2021, 14:09

    Video: SpaceX yana 60 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga chiqardi. Ular butun sayyorani internet bilan ta’minlash loyihasining bir qismidir

    29.04.2021, 12:23

    Bayden: AQSh Rossiya bilan munosabatlarni keskinlashtirishni istamaydi, ammo uning harakatlariga yarasha javob qaytaradi

    29.04.2021, 11:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.