Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida 1-sinfda o‘quvchi qiz YTH oqibatida vafot etgach, bir guruh ayollar 23-aprel kuni “Qarshi—Samarqand” yo‘lining Xo‘jaobod qishlog‘i hududidan o‘tuvchi qismini norozilik tariqasida to‘sib qo‘ygandi. Mazkur holat Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi nazoratiga olindi.

Foto: Telegram / “Chiroqchi.uz”

Foto: Telegram / “Chiroqchi.uz”

“Senat tumanda yashovchi aholi vakillarini qiynayotgan muammolar yuzasidan qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni o‘rganib, natijalari yuzasidan batafsil axborot beradi”, — deyiladi Senat matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyati IIB 1-sinfda o‘qiydigan qiz D.E. 21-aprel kuni piyodalar yo‘lakchasi orqali yo‘lni kesib o‘tayotganida Isuzu yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida kasalxonada vafot etganini, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchi shu kunning o‘zida qamoqqa olinganini ma’lum qilgandi.

YTHning ertasiga, 22-aprel kuni Chiroqchi tumani mutasaddi rahbarlari fuqarolar bilan uchrashgan. Uchrashuvda “Qumdaryo” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholi o‘zlari yashaydigan qishloqda qurilishi rejalashtirilgan maktabning tezroq qurib berilishini so‘rab, qo‘shni qishloqdagi maktabga borishda “Samarqand—Qarshi” yo‘lini kesib o‘tish bolalar uchun xavfli ekanini bildirgan. Qashqadaryo viloyati hokimligi axborotiga ko‘ra, “Istiqlol” qo‘rg‘onchasida 99-maktab filialiga 176 o‘rinli yangi maktab qurilishi rejalashtirilgani, u yangi o‘quv yili boshlanishida foydalanishga topshirilishi “qishloq ahliga bot-bot tushuntirilgan”.

“Chiroqchi.uz” qishloq ayollari 1-sinf o‘quvchisining o‘limidan “o‘zlarini yo‘qotib qo‘ygani” uchun mutasaddilarning so‘zlariga e’tibor qilmay, o‘z bilganicha ish tutganini qayd etgan.

Qashqadaryo viloyati hokimligi maktab qurilishi avgust oyida yakunlanishini ma’lum qilgan, shuningdek, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev marhuma D.E.ning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolariga hamdardligini bildirib o‘tgan.

“Chiroqchi.uz” ma’lumotlariga ko‘ra, maktab qurilishi 2021-yil ikkinchi choragida boshlanadi, hozirda buyurtmachi Qashqadaryo viloyati “Yagona injenering xizmati” tomonidan pudratchi tashkilotlar tanlovini o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekiston 2022-yilda kartoshka sotib olishni kamaytirdi. Mahalliy yetishtirish esa oshgan 
Dunyo
Bayden Ukrainaga F-16 qiruvchilari yetkazib berilmasligini aytdi. Oq uy bunga izoh berdi
Kino
Mushuk Leopold obrazini yaratgan rassom Vyacheslav Nazaruk vafot etdi