O‘zbekiston Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi prokurori lavozimida ishlab kelgan Samir Rahmonov 26-aprel kuni 33 yoshida vafot etdi.
“Xabar.uz”ning yozishicha, o‘limga yurak xuruji sabab bo‘lgan.
“Bosh prokuratura huzuridagi departamentda ish boshlagan Samir Rahmonov keyingi yillarda mahkama matbuot xizmati mas’ul vakili sifatida ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘rtasida samimiy va ochiqko‘ngil inson sifatida alohida hurmat qozongan edi”, — deb yozgan nashr.
2020-yilning iyulida bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari Hakimbay Halimov 66 yoshida, o‘sha yilning avgustida Bosh prokuraturaning 37 yoshli xodimi Alisher Hoshimov koronavirus asoratlaridan vafot etgandi.
Izoh (0)