Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xayrulla Umarov Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Mehnat vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mehnat vazirligi matbuot xizmati

Tayinlovga qadar Xayrulla Umarov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Ushbu lavozimda u agentlikka 2020-yilning iyulidan rahbarlik qilib kelgan Muhammadzokir Mamatxonov o‘rnini egalladi. Muhammadzokir Mamatxonov 2021-yilning fevralida Namanganning Uychi tumaniga hokim etib tayinlangach, ushbu lavozim vakant bo‘lib qolgan edi.

Eslatib o‘tamiz, agentlikka 2018-yildan buyon rahbarlik qilgan Ravshan Ibragimovga korrupsiya, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda foydalanish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2019-yilda sud hukmi e’lon qilingan va 12-yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi