“Real” Ispaniya chempionati 31-turi doirasida 21-aprel kuni “Kadis”ga qarshi kechgan o‘yinda 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda hisobni 30-daqiqada Karim Benzema penaltini golga aylantirgan holda ochdi.
“Real” La Liga doirasida 2020-yilning 24-oktabridan beri birinchi marta 11 metrlik jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. O‘shanda Serxio Ramos “Kamp Nou”da “Barselona” darvozasini ishg‘ol qilgandi.
“Real chempionat doirasida ketma-ket 25 o‘yindan beri penalti tepmayotgandi. Bu klub uchun La Ligada 1974-yildan keyingi davr ichidagi eng uchun seriya hisoblanadi.
“Kadis” — “Real” uchrashuvi Antonio Mateu Laos boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib bordi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)