Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha Gubernator Kubogi—2021 musobaqasi davom etmoqda.
Musobaqaning uchinchi kunida to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi.
Shahobiddin Zoirov qirg‘izistonlik Nurjigit Dyushebayevga qarshi jang qilib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Mirazizbek Mirzaxalilov musobaqa doirasidagi ikkinchi jangida tailandlik Dacha Butdidan ustun keldi.
Elnur Abduraimov mezbonlar vakili Ilya Popovga qarshi jang qildi. Teng kurashlar ostida o‘tgan jangda, hakamlar g‘alabani rossiyalik sportchiga berdi va Elnur musobaqadagi yurishini to‘xtatdi.
Og‘ir vazn toifasida harakat qilayotgan Bahodir Jalolov rossiyalik Artyom Fyodorovga to‘qnash keldi. Jalolov birinchi raundning o‘zida raqibini ikki bor nokdaun holatiga tushirdi, ikkinchi nokdaundan keyin Rossiya vakilining burchagi jangni to‘xtatishni so‘radi va Jalolov muddatidan avval g‘alaba qozondi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)