“Tottenhem” Angliya Premyer Ligasi 29-turi doirasida “Sauthempton”ga qarshi kechgan bahsda (2:1) g‘alaba qozondi.
“Shporlar” Joze Mourinyo jamoani tark etganidan keyingi ilk uchrashuvni o‘tkazdi. Bu o‘yinda jamoani bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Rayan Meyson boshqarib bordi.
29 yosh-u 312 kunlik Meyson Angliya Premyer Ligasi tarixidagi eng yosh murabbiyga aylandi.
Avvalroq mutaxassis “Tottenhem”, “Milluoll” va boshqa klublarda to‘p surgan, biroq sog‘lig‘idagi muammolar sabab 26 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlagandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)