Daryo

Hindistondagi COVID-19 kasalxonasida 24 nafar odam gazdan bo‘g‘ilib halok bo‘ldi (foto va video)

Qayd etilishicha, hodisa Nashik shahridagi Zokir Husayn munitsipal kasalxonasida sodir bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish52 542 ko‘rishlar0 izoh0
Skrinshot: Twitter

Hindistonning Maxarashtra shtatida koronavirusga chalingan bemorlarni davolovchi kasalxonada kislorodning sisternadan sizib chiqishi oqibatida 24 nafar odam hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda NDTV xabar qilgan.

Skrinshot: Twitter

Qayd etilishicha, hodisa Nashik shahridagi Zokir Husayn munitsipal kasalxonasida sodir bo‘lgan. Bino ichida 150 nafarga yaqin bemor bo‘lgan, ularning aksar qismi o‘pkani sun’iy shamollatish apparatlariga, ayrimlari kislorod apparatlariga ulangan edi.

Foto: NDTV

Mahalliy hokimiyat vakillaridan biri Suraj Mandxarning aytishicha, ayni vaqtda kislorod yetkazib berish qayta ishga tushirilgan va qolgan bemorlarning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.

Foto: NDTV

Maxarashtra sog‘liqni saqlash vaziri Rajesh Top shtat ma’muriyatining hodisa yuzasidan chuqurlashtirilgan tekshiruv olib borilishini va’da qilgan.

https://twitter.com/i/status/1384776784818757633

Avval mart oyida Hindistonning Mumbay megapolisida COVID-19’ga chalingan bemorlar davolanadigan kasalxonada yong‘in sodir bo‘lgani va 10 nafar odam favqulodda hodisa oqibatida hayotdan ko‘z yumgani xabar qilingandi. 10-aprelda Nagpur shahridagi koronavirusga chalingan bemorlar davolanayotgan shifoxonada kelib chiqqan yong‘in oqibatida to‘rt kishi qurbon bo‘lgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar