Hafta davomida dunyoning turli burchaklarida olingan suratlarni taqdim etamiz.

Farg‘ona shahridagi “Ahmadjon qori” jome masjidida tarovih namozi.

Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

Braziliyaning Petropolis shahrida super qahramon kostyumidagi politsiyachi bolalar bilan salomlashmoqda.

Foto: “TASS”

Sochidagi daryo sohilida qurbaqa ovlagan chag‘alay.

Foto: “TASS”

Toshkentdagi Respublika Qon quyish markazida ko‘ngilli ravishda qon topshirayotgan Qibray tumani IIB profilaktika inspektorlari

Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati

AQShning Shavertaun shahrida joylashgan fermadagi sigirlar.

Foto: “TASS”

Toshkentdagi parklarning birida tibbiy niqobini tirsagiga taqib olgan bola. O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni oshib borayotgani sababli 18-apreldan boshlab karantin qoidalari kuchaytirildi. Qoidabuzarlar qat’iy javobgarlikka tortilishi ma’lum qilindi.

Foto: “Daryo” / Gulira’no Musayeva

Aprel oyining boshida o‘ldirilgan AQSh Kapitoliy politsiyasi xodimi Uilyam Evansning o‘g‘li Logan Evans 2021-yil 13-aprelda Kapitoliyda o‘tkazilgan xayrlashuv marosimida otasining tobuti yonidan o‘tmoqda.

Foto: Reuters

Fransiyaning Reyunyon oroli janubi-sharqida Piton de la Furneyz vulqonidan lava otilib chiqmoqda.

Foto: “TASS”

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi agroekoturzonada qizaloq qo‘lidan ko‘katni olmoqchi bo‘layotgan tuyaqush.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Milliyatchi harakat partiyasi (MNR) yetakchisi Davlat Boxchali prezident saroyining o‘zbek go‘shasi (o‘tovi)da iftorlik qilmoqda.

Foto: “Heberturk.com”

Izabella Disli va uning iti Koko Angliyaning Vindzor shahridagi do‘konning oynavand devoriga yopishtirilgan shahzoda Filipp portreti yonida o‘tiribdi.

Foto: AP

Buyuk Britaniyaning Notumberlend qirg‘og‘ida reaktiv suv mototsiklida erkin uslubda mashq qilayotgan Ant Burgess ismli sportchi.

Foto: PA

Kambodjaning Pnomenpen shahrida koronavirusga chalinish holatlari ko‘payib borayotgani sabab joriy qilingan 14 kunlik lokdaun paytida oziq-ovqat mahsulotlarini sotayotgan ayol.

Foto: Reuters

Germaniya kansleri Angela Merkel Bundestagdagi parlament majlisida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi yangi qonun e’lon qilinayotgan vaqtda suv ichib olmoqda.

Foto: AP

Xitoyning Gonkongdagi Politsiya kollejida Milliy xavfsizlik ta’limi kunini nishonlash vaqtida bolalar poyezd vagoni ichida o‘ynamoqda.

Foto: Reuters

Bangkokdagi kommunal xizmatchi to‘r yordamida shahardagi kanalni chiqindilardan tozalamoqda.

Foto: AFP

Bangladeshning Dakka shahrida musulmonlar Ramazon oyining ilk juma namozini o‘qimoqda.

Foto: Reuters

Talabalar Pxenyandagi maydonda Shimoliy Koreyaning asoschisi va abadiy prezidenti Kim Ir Senning tug‘ilgan kunini nishonlamoqda.

Foto: AFP

Nepalning Baxtapur shahri ko‘chalarida sovun pufakchalarini uchirayotgan bola.

Foto: Getty Images

AQShning Minnesota shtati sobiq politsiyachisi Derek Chovin qora tanli Jorj Floydni o‘ldirishi yuzasidan sud jarayonlari bo‘layotgan bir vaqtda yana bir politsiyachi Minneapolis chekkasida qora tanli Daunt Raytni otib o‘ldirganidan keyin politsiya va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniyaning Sautgempton sohillarida juftiga baliq ovlab kelgan erkak ko‘ktarg‘oq (o‘ngda).

Foto: Solent News

Buxoro shahridagi “Dilkusho” jome masjidida 16-aprel kuni o‘qilgan Ramazonning ilk juma namozida azon aytayotgan muazzin.

Foto: “Daryo” / Laylo Hayitova

Vindzor qasrida Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i marhum shahzoda Filippning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi. Suratda otasining tobuti ortilgan mashina orqasida turgan shahzoda Charlz.

Foto: Getty Images

Yosh sikh qizlari hosil bayrami oldidan Hindistonning Amritsar shahri tashqarisidagi bug‘doy dalasida an’anaviy Panjob xalq raqslarini ijro etmoqda.

Foto: AFP

Toshkent shahridagi Yuriy Gagarin haykali. 12-aprel kuni insoniyatning kosmosga ilk parvozi sharafiga Gagarin haykali oldida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Daryo” / Dilshod Sharipov

Namangan viloyatining Chust tumanidagi Karkidon qishlog‘ida yashovchi Marg‘uba Ne’matullayeva kashtada Leonardo da Vinchining mashhur “Mona Liza” asarini aks ettirdi.

Foto: “Daryo” / Jo‘rabek Mahmudov

Maxsus operatsiya guruhi a’zolari Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom viloyatining Sinjou shahrida mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.

Foto: Getty Images

Ikki laylak Germaniyaning Kirchxaym (Bavariya) qishlog‘ida joylashgan kompaniyaning eski qurilish kranida tozalanmoqda. 16 yildan beri laylaklar juftligi ushbu eski kran ustida uyalar qurib, nasl qoldiradi. Kompaniya yaqinda ko‘proq laylak uyalashi uchun kranga qo‘shimcha platformalar o‘rnatdi.

Foto: Getty Images

Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi “Shohi Fozil” jome masjidida ham Ramazon oyining ilk juma namozi o‘qildi.

Foto: “Daryo” / Shohrux Kenjayev