Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekiston hududlari bo‘ylab 20-aprel kuni jami 27 828 kishi COVID-19’ga qarshi emlandi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Foto: SSV matbuot xizmati

Foto: SSV matbuot xizmati

Shu tariqa ayni kungacha mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 458 555 nafarga yetdi.

20-aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni

  • Namangan viloyati (3864 nafar),
  • Farg‘ona viloyati (3532 nafar),
  • Samarqand viloyati (3245 nafar) band qildi.
Ta’kidlanishicha, hozirga qadar jami emlanganlar soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkich Farg‘ona viloyatida (66 381 nafar) qayd etilgan. Andijon viloyatida bu ko‘rsatkich 46 639 nafarni, Namangan viloyatida 47 841 nafarni, Samarqand viloyatida esa 43 394 nafarni tashkil qilmoqda.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bugungi kunda 1 million 660 ming doza vaksina bor. Ularning 660 ming dozasi COVAX jamg‘armasi tomonidan olib kelingan AstraZeneca vaksinasi, 1 million dozasi O‘zbekiston—Xitoy hamkorligida ishlab chiqilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi. O‘zbekistonga aprel oxiriga qadar yana 1 million dona Xitoy va 300 ming dona “Sputnik V” vaksinalari olib kelinishi ma’lum qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda