• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12980.16
    • RUB161.63
    • EUR14606.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda ayrim mahsulotlar Yevropa poytaxtlaridan ham qimmatroq ekani aniqlandi

    Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti Price Warnings loyihasi doirasida Toshkent bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini o‘rganib, boshqa mamlakatlar poytaxtlaridagi narxlar bilan solishtirdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

    Ta’kidlanishicha, tadqiqot davomida Toshkent savdo nuqtalaridagi mahsulotlarning eng minimal narxlari olingan. Ma’lum bo‘lishicha, fevral oyidan buyon 28 xil mahsulotdan 20 tasining narxlarida o‘zgarishlar kuzatilgan, 17 xil mahsulot narxlari qimmatlagan.

    Toshkentdagi narxlar bilan bir qatorda, 16 ta MDH va Yevropa davlatlari poytaxtlaridagi narxlar ham o‘rganilgan va solishtirilgan.

    Solishtiruv natijalariga ko‘ra, Toshkentdagi ayrim mahsulotlarning narxlari biroz xavotirli ko‘rinmoqda.

    Apelsinlar

    Toshkent supermarketlarida apelsinlarning minimal narxi 1 kilogramm uchun 2,8 dollarga teng. Bu tahlil qilinayotgan shaharlar, jumladan Moskvadagi apelsinlarning minimal narxidan 4,3 baravarga yuqori. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Toshkent shahri Rim, London, Berlin shaharlarini ham ortda qoldirgan.

    MDH mamlakatlari va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 litr o‘simlik yog‘ining narxi (dollarda).

    MDH mamlakatlari va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 litr o‘simlik yog‘ining narxi (dollarda).
    Manba: Onlayn supermarketlarning ma’lumotlari asosida PMTI hisob-kitoblari asosida.

    Limon

    Toshkentdagi supermarketlarda 1 kilogramm limonning minimal narxi 2,8 dollarni tashkil etadi, bu tahlil qilinayotgan mamlakatlar uchun o‘rtacha ko‘rsatkichdan 69,4 foizga, shu jumladan, Anqaradagi limonlarning minimal narxidan 3,3 baravar yuqori. Bu yerda ham narxlar Yevropa megapolislaridagi narxlardan ancha baland.

    MDH va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 kg limon narxi (dollarda).

    MDH va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 kg limon narxi (dollarda).
    Manba: Onlayn supermarketlarning ma’lumotlari asosida PMTI hisob-kitoblari asosida.

    Banan

    Toshkentdagi supermarketlarda 1 kilogramm bananning minimal narxi 2,1 dollarni tashkil etadi, bu tahlil qilinayotgan mamlakatlar uchun o‘rtacha narxdan 55,7 foizga yuqori va Moskvadagi banan uchun qayd etilgan minimal narxdan 2,7 baravar yuqori. Banan narxlari bo‘yicha ham Toshkent MDH poytaxtlarini hamda bir qator Yevropa markazlarini ortda qoldirgan.

    MDH va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 kg banan narxi (dollarda).

    MDH va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 kg banan narxi (dollarda).
    Manba: Onlayn supermarketlarning ma’lumotlari asosida PMTI hisob-kitoblari asosida.

    Qadoqlangan sut

    Toshkent shahridagi supermarketlarda pasterizatsiya qilingan sutning minimal narxi 1 litr uchun 0,82 dollarni tashkil etadi, bu tahlil qilinayotgan mamlakatlar uchun o‘rtacha 18,8 foizga va Bishkekdagi eng minimal narxdan 93 foizga yuqori. Qadoqlangan sutning yuqori narxlarining asosiy sababi bozordagi rivojlanmagan raqobatdir, deyiladi institut tahlilida.

    MDH mamlakatlari va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 litr sut narxi (dollarda).

    MDH mamlakatlari va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 litr sut narxi (dollarda).
    Manba: Onlayn supermarketlarning ma’lumotlari asosida PMTI hisob-kitoblari asosida.

    Margarin

    Toshkent shahridagi supermarketlarda 1 kilogramm margarinning minimal narxi 2,2 dollarni tashkil etadi, bu tahlil qilinayotgan mamlakatlar uchun o‘rtacha narxdan 20,2 foizga va Bishkekdagi eng minimal qayd etilgan narxdan 85,6 foizga yuqori.

    MDH mamlakatlari va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 kg margarin narxi (dollarda).

    MDH mamlakatlari va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 kg margarin narxi (dollarda).
    Manba: Onlayn supermarketlarning ma’lumotlari asosida PMTI hisob-kitoblari asosida.

    Kartoshka

    Toshkent shahridagi supermarketlarda kartoshkaning minimal narxi 1 kilogramm uchun 0,46 dollarni tashkil etadi, bu Anqaradagi kartoshka uchun belgilangan minimal narxdan 2,3 baravar yuqori.

    MDH mamlakatlari va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 kg kartoshka narxi (dollarda).

    MDH mamlakatlari va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 kg kartoshka narxi (dollarda).
    Manba: Onlayn supermarketlarning ma’lumotlari asosida PMTI hisob-kitoblari asosida.

    Mandarinlar

    Toshkentdagi supermarketlarda 1 kilogramm mandarinning minimal narxi 1,7 dollarni tashkil etadi, bu Moskvadagi mandarinlar uchun belgilangan eng past narxdan 87,9 foizga yuqori.

    MDH mamlakatlari va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 kg mandarin narxi (dollarda).

    MDH mamlakatlari va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 kg mandarin narxi (dollarda).
    Manba: Onlayn supermarketlarning ma’lumotlari asosida PMTI hisob-kitoblari asosida.

    O‘simlik yog‘i

    Toshkent shahridagi supermarketlarda o‘simlik (kungaboqar) yog‘ining minimal narxi litri uchun 1,7 dollarni tashkil etadi, bu tahlil qilinayotgan mamlakatlar uchun o‘rtacha narxdan 6,7 foizga yuqori va Bishkek shahridagi kungaboqar yog‘i uchun belgilangan minimal narxdan 2 baravar yuqori.

    MDH mamlakatlari va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 litr o‘simlik yog‘ining narxi (dollarda).

    MDH mamlakatlari va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 litr o‘simlik yog‘ining narxi (dollarda).
    Manba: Onlayn supermarketlarning ma’lumotlari asosida PMTI hisob-kitoblari asosida.

    Makaron

    Toshkent shahridagi supermarketlarda makaron mahsulotlarining minimal narxi 1 kilogramm uchun 0,83 dollarni tashkil etadi, bu Minskdagi makaron mahsulotlari uchun belgilangan minimal narxdan 83,4 foizga yuqori.

    MDH mamlakatlari va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 kg makaronning narxi (dollarda).

    MDH mamlakatlari va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 kg makaronning narxi (dollarda).
    Manba: Onlayn supermarketlarning ma’lumotlari asosida PMTI hisob-kitoblari asosida.

    Mol go‘shti

    Toshkent shahridagi supermarketlarda 1 kilogramm mol go‘shtining minimal narxi 5,2 dollarni tashkil etadi, bu Minskdagi mol go‘shti uchun belgilangan eng past narxdan 56,5 foizga yuqori.

    MDH mamlakatlari va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 kg mol go‘shtining narxi (dollarda).

    MDH mamlakatlari va Yevropa poytaxtlaridagi supermarketlarda 1 kg mol go‘shtining narxi (dollarda).
    Manba: Onlayn supermarketlarning ma’lumotlari asosida PMTI hisob-kitoblari asosida.

    Bundan avval O‘zbekistonda eng qimmat va eng arzon o‘simlik yog‘i qayerda sotilayotgani ma’lum qilingani, O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi ketma-ket uch oydan buyon 1 foizdan oshmayotgani hamda O‘zbekiston aholisining daromadi 2020-yilda keskin kamaygani haqida xabar berilgandi.

    19.04.2021, 18:58   Izoh (0)   64449
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Termizdagi restoranda iftorlik paytida yuz bergan bir guruh shaxslar mushtlashuvi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    19.04.2021, 18:10

    Toshkent Besh tashabbus harakati so‘nggi qo‘ng‘iroq arafasida bo‘lib o‘tadi

    19.04.2021, 17:57

    Abu Rayhon Beruniyning 1050 yilligi YuNESKO ishtirokida nishonlanadi

    19.04.2021, 17:57

    Jizzaxda Shavkat Mirziyoyevni ijtimoiy tarmoqlar orqali haqoratlagan shaxsga nisbatan jinoiy ish ochildi

    19.04.2021, 17:36

    “Bu ish shaxsan nazoratimda, aybdorga qonuniy chora ko‘riladi”. Qashqadaryo hokimi “Daryo” muxbiri va IIB mansabdori o‘rtasidagi holatga munosabat bildirdi

    19.04.2021, 17:28

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga beshinchi kun ko‘tarildi

    19.04.2021, 16:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    To‘rtta hududda qariyb 1 mlrd so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    O‘zbekiston | 15 may, 08:40

    Putin 15-may kun Istanbuldagi muzokaralarda qatnashmaydi

    Dunyo | 15 may, 08:35

    Keto, interval ochlik, intuitiv ovqatlanish: qaysi biri tezroq ozishga yordam beradi?

    Maslahatlar | 15 may, 08:00

    Xonanda Madonna hayoti haqida serial suratga olinadi

    Kino | 15 may, 07:45

    Mavritaniyaning sobiq prezidenti 15 yilga qamaldi

    Dunyo | 15 may, 07:10

    Fransiyada hayvonot bog‘ida chaqmoq urishi oqibatida 13 kishi jarohat oldi

    Dunyo | 14 may, 23:55

    “Rossiya-Ukraina mojarosining yakuni butun Yevropa taqdirini hal qiladi” — Fridrix Merts

    Dunyo | 14 may, 23:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.