Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 19-aprel, dushanba kuni boks bo‘yicha Gubernator Kubogi—2021 musobaqasi start oldi.

Foto: MOQ

Musobaqaning birinchi kunida O‘zbekistonlik bokschi Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) ringga ko‘tarildi. Unga hindistonlik Muhammed Hassamuddin raqib bo‘ldi.

Jang to‘liq O‘zbekistonlik bokschining ustunligida kechdi. Yakunda hakamlar bir ovozdan Mirzaxalilovning g‘alabasini qayd etdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!