UEFA prezidenti Aleksander Cheferin futbolchilar Yevropa Superligasida ishtirok etadigan bo‘lsa, Jahon Chempionatlari va Yevro musobaqalarida ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi.
Mazvuga doir: Futbolda asr to‘ntarilishi: Yevropa Superligasi o‘zi qanday musobaqa va nimalar bo‘lmoqda? (tafsilotlar)
Superligada o‘ynaydigan futbolchilarga Jahon va Yevropa chempionatlarida qatnashish taqiqlanadi. Ularga o‘z terma jamoalari safida harakat qilishga ruxsat etilmaydi.Yevropaning 12 ta klubi 18-aprel kuni Yevropa Superligasi tashkil etilganini ma’lum qildi. Avvalroq ta’sischilar UEFA va FIFAni sanksiyalar qo‘llashga shoshilmaslik, aks holda ish sudgacha oshishi haqida ogohlantirgandi.Ularga qanday chora ko‘riladi? Biz yuristlar jamoasi bilan vaziyatni baholaymiz. Hozircha gapirishga erta. Bir qarorga kelgandan keyin xabar qilamiz.
Ular o‘z qarorini tunda e’lon qilgan vaqtda, ertalabga biror gap aytish qiyin. Biz imkoni bor barcha sanksiyalarni ko‘rib chiqamiz. Yangi musobaqa ishtirokchi klublari va futbolchilarini bizning chempionatlarda harakat qilishiga yo‘l qo‘ymaslikka urinamiz. Ular sanksiyalar sabab aynan qachon maydonga chiqa olmasligini bilaman.
Qo‘ynimizda ilon saqlab yurganimizni anglamagan ekanmiz. Endi bilamiz. Biz yaqin orada qonun bo‘yicha chora ko‘rishni boshlaymiz.
Aleksander Cheferin, UEFA prezidenti
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)