• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Futbolda asr to‘ntarilishi: Yevropa Superligasi o‘zi qanday musobaqa va nimalar bo‘lmoqda? (tafsilotlar)

    Futbol olamida yangi — Yevropa Superligasi deb atalgan musobaqa tashkil etildi. Quyida ushbu musobaqa va uning atrofidagi voqealar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

    Nima bo‘ldi?

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Yevropaning 12 ta klubi Superligaga asos solinganini e’lon qildi. Top-klublar daromadni qoloq klublar va UEFA bilan bo‘lishgisi kelmayapti.

    UEFA bunga yangi musobaqada ishtirok etadigan klublarni barcha ichki va xalqaro musobaqalardan chetlatish tahdidi bilan javob berdi.

    Bu kimlarning g‘oyasi?

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Florentino Peres va Andrea Anyelli. Anyelli nafaqat “Yuventus”ning prezidenti, balki, 246 futbol klubi a’zo bo‘lgan Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) rahbari ham hisoblanadi. “Real” rahbari yangi musobaqaning prezidentiga aylandi. Anyelli va Joel Gleyzer (“Manchester Yunayted”) esa uning o‘rinbosarlari sifatida tanlandi.

    La Liga prezidenti Xavyer Tebasning fikricha, “Real” prezidenti shunday mohirona ish tutganki, hatto “Barselona” sobiq prezidenti Xosep Bartomeu ham uning ta’sir doirasiga tushib qolgan:

    “Menimcha, Bartomeu Florentino Peresga rahnamolik qilgan. Bu ligani tashkil qilish Peresning azaliy orzusi edi. U uzoq vaqt davomida buning ustida ishladi. Avvallari “Barselona”ning La Liga, UEFA va FIFA bilan ishlash borasida o‘z qarashlari bor edi. Biroq so‘nggi uch yilda ular faqat “Real”ning ishlarini takrorladi”, — deydi Tebas.

    Kimning puliga tashkil etilyapti?

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    JP Morgan banklar tarmog‘i bosh homiy bo‘lishi ma’lum. Kompaniya yangi liga uchun 4,6 milliard funt tikishga tayyor. Bank o‘z investitsiyasini kelajakda sotiladigan translyatsiya huquqlari daromadidan tushadigan pullar orqali qoplab olmoqchi.

    Shuningdek, Superliga loyihasini startaplar va kichik loyihalarni rivojlantirishga qaratilgan kompaniya — Key Capital Partners (KCP) ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Biroq KCP’ning yakka o‘zi investitsiya kiritishga qodir emas (kompaniya 2007-yildan beri jami 100 million funt investitsiya kirita olgan), biroq u yangi homiylarni jalb qila oladi.

    Corriere dello Sport’ga ko‘ra, DAZN platformasi televizion huquqlar uchun 3,5 milliard yevro to‘lashga tayyor. Biroq Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya bu xabarlarni rad etmoqda.

    Ta’sischi 15 ta klubga rivojlanish uchun 3,1 milliard funt (89 milliondan 310 milliongacha) ajratiladi. Pullarni stadion, mashg‘ulotlar bazasi yoki pandemiya sabab bo‘shab qolgan tribunalar tufayli ko‘rilayotgan zararni qoplash uchun ishlatish mumkin bo‘ladi.

    Format qanaqa bo‘ladi?

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Rejaga ko‘ra, Superligada 20 ta klub ishtirok etadi: ular 10 tadan ikki guruhga bo‘linadi. Guruhlarda ikki davralik tizim joriy etiladi: har bir klub mavsum davomida kamida 18 ta o‘yin o‘tkazadi — Chempionlar Ligasining yangi formatida bu son 10 taga teng. Musobaqa avgustda boshlanib, mayga qadar davom etadi.

    O‘yinlar hafta o‘rtasida o‘tkaziladi (Chempionlar Ligasi o‘rniga), shu sabab agar taqiq bo‘lmasa jamoalar milliy chempionat o‘yinlarida ishtirok eta oladi.

    Guruhdan uchta eng yuqori o‘rinni egallagan jamoa chorak finalga chiqadi. To‘rtinchi va beshinchi o‘rin egalari esa pley-offda o‘zaro kuch sinashadi. Chorak final va yarim finallar uy-safar tizimida o‘tkaziladi, final esa bitta o‘yindan iborat bo‘ladi va neytral maydonda bo‘lib o‘tadi.

    Erkaklar o‘rtasidagi Superliga formatida aniq yo‘nalish paydo bo‘lsa, tashkilotchilar ayollar jamoalari o‘rtasida ham shunday musobaqa tashkil qiladi.

    Ta’sischi klublar haqida

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Yevropaning 12 ta klubi ta’sischilar qatorida: “Manchester Yunayted”, “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Arsenal”, “Chelsi”, “Tottenhem”, “Barselona”, “Real”, “Atletiko”, “Inter”, “Milan” va “Yuventus”.

    “Barselona” uchun avvalgi prezident qaror chiqargan: Bartomeu iste’fo berishidan oldingi matbuot anjumani bu haqida gapirgandi:

    “Sizlarga noodatiy yangilikni yetkazmoqchiman. Kecha biz Yevropa Superligasida ishtirok etish taklifini qabul qildik. Bu klubga kelajakda moliyaviy tomondan barqarorlikni taqdim etadi. Biz klublar o‘rtasida Jahon chempionati yangi formatini qabul qildik”, — degandi Bartomeu.

    Kim rad etdi?

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Borussiya D”, “Bavariya” va PSJ g‘oyani qo‘llab-quvvatlamagani ma’lum. The Athletic va The New York Times versiyasiga ko‘ra, nemis klublari musobaqalarning odatiy tuzilishidan voz kechishni istamagan.

    PSJda esa hammasi murakkab. Birinchidan, parijliklar musobaqa ishtirokchilari faqat boy klublardan iborat bo‘lib qolishini istamayapti. Ikkinchidan, PSJ prezidenti Nossir al-Halayfi UEFA direktorlar kengashi a’zosi hisoblanadi, shuningdek, u Chempionlar Ligasi translyatsiya huquqini sotib olgan beIN Media Group rahbari hisoblanadi.

    Nega endi hozir?

    Foto: UEFA

    Foto: UEFA

    Avvaliga Chempionlar Ligasining yangi formati mart oyi oxirida taqdim etilishi kerak edi, biroq UEFA Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) bilan kelisha olmadi. Qaror e’lon qilinishiga bir kun qolganda ECA ijroqo‘m a’zolari (unga 17 ta klub vakillari kiradi) assotsiatsiya hali bu qaror borasida kelishuvga erishmaganini ma’lum qildi. Top-klublar yana-da ko‘proq hokimiyatga ega bo‘lishni va daromadlar ustidan nazoratni xohladi.

    The Athletic UEFA boshqaruvning ma’lum qismini klublarga berish, biroq muhim qarorlar va asosiy daromad keltiruvchi vositalar ustidan nazoratni o‘zida saqlab qolishni istayotgan haqida yozgandi.

    UEFA va ligalar nima bo‘ladi?

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    UEFA, Ispaniya, Angliya, Italiya futbol federatsiyalari va ligalari birgalikda bayonot berdi — revolyutsiyachilarni ko‘ngilsizliklar kutmoqda.

    “Yuqorida qayd etilgan barcha, shuningdek FIFA va bizga a’zo barcha assotsiatsiyalar ushbu bema’ni loyihani to‘xtatish uchun bor kuchni ishga soladi. Biz bu ish sodir bo‘lmasligini uchun huquqiy va sport jihatidan barcha choralarni qo‘llaymiz.

    Superligaga a’zo klublarga har qanday milliy chempionat, Yevropa yoki xalqaro maydonda o‘ynash taqiqlanadi”.

    Sky Sport Italia nashrining xabar qilishicha, UEFA Superligaga aloqador bo‘lgan har bir klub va futbolchini o‘zining musobaqalaridan chetlatib yubormoqchi. Bundan tashqari har bir klubga nisbatan 50-60 milliard yevrolik da’vo ishlarini qo‘zg‘atadi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    19.04.2021, 15:25   Izoh (0)   21182
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tottenhem” Joze Mourinyoni iste’foga chiqardi

    19.04.2021, 14:44

    Florentino Peres: “Yevropa Superligasi futbolni dunyoda munosib o‘ringa olib chiqadi”

    19.04.2021, 11:00

    Yevropa Superligasi tashkil etilgani rasman e’lon qilindi. Unda Yevropaning eng kuchli klublari qatnashadi

    19.04.2021, 05:06

    La Liga. “Real” safardagi o‘yinda ochko yo‘qotdi

    19.04.2021, 02:05

    OChL. 5 ta gol urilgan o‘yinda OKMK Tojikiston klubiga mag‘lub bo‘ldi

    19.04.2021, 01:58

    A Seriya. Peshqadam “Inter” safarda “Napoli”ni yengolmadi, “Roma”da ham mag‘lubiyat

    19.04.2021, 01:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bir qarashda zararsiz ko‘rinsa-da, ammo sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan kundalik buyumlar

    Maslahatlar | 25 iyun, 13:03

    O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston rahbarlari an’anaviy mo‘g‘ul bellashuvlarini tomosha qildi (foto)

    O‘zbekiston | 25 iyun, 12:54

    Nima uchun yozda bosh ko‘p og‘riydi?

    Maslahatlar | 25 iyun, 12:54

    O‘zbekistonning barcha hududlarida harorat pasayishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 25 iyun, 12:10

    “Lion” quyi divizionga tushirib yuborildi

    Sport | 25 iyun, 12:05

    AQSH razvedkasi Eron yadro obyektlari to‘liq yo‘q qilinganini tasdiqlamadi — CNN

    Dunyo | 25 iyun, 11:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.