“Tottenhem” bosh murabbiyi Joze Mourinyo londonliklar boshqaruvini tark etadi.
“Shporlar” rahbariyat portugaliyalik mutaxassisni iste’foga chiqargan. Bu haqda London klubi rasmiy saytida ma’lum qilindi. Mourinyo bilan birgalikda uning shtabi a’zolari Joao Sakramento, Nunu Santos, Karlos Lalin va Jovanni Serra ham o‘z vazifasidan ozod etilgan.
Xabarlarga ko‘ra, Mourinyoning iste’fosi “Tottenhem”ga 30 million funtga tushadi.
“Tottenhem” Premyer Liga so‘nggi 6 o‘yinida faqat bitta g‘alaba qayd etgan (2 durang, 3 mag‘lubiyat). Jamoa 32-turdan keyin 50 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.
Bundan tashqari londonliklar Yevropa Ligasida “Dinamo Zagreb” to‘sig‘idan o‘ta olmay, 1/8 finaldayoq musobaqa bilan xayrlashdi.
Mourinyo “Tottenhem”ga 2019-yilning noyabrida kelgandi. U jamoada Maurisio Pochettinoning o‘rnini egallagandi. 2019/20-yilgi mavsumni jamoa 6-o‘rinda yakunladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)