Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 30-turida “Yuventus” 11-aprel, yakshanba kuni “Jenoa”ni qabul qildi.
O‘yin tezkor gol bilan boshlandi. 4-daqiqada Deyan Kulusevski hisobni ochdi. 22-daqiqaga kelib esa Alvaro Morata oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Jamoalar tanaffusga shu hisobda yo‘l oldi.
Ikkinchi 45-daqiqalikda Janluka Skamakka burchakdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘yib, hisobni qisqartirdi. Ammo Ueston Makkenni 70-daqiqada gol urib, yana ikkita to‘p farqini tikladi.
“Jenoa” safida harakat qiladigan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov mazkur bahsda 63-daqiqada maydonga tushirildi.
Mazkur g‘alabadan keyin ochkolari 62 taga yetgan “Yuventus” musobaqa jadvalida 3-pog‘onada bormoqda. “Jenoa” esa 32 ochko bilan 13-o‘rindan joy olgan.
“Latsio” “Verona”ni taslim etdi, “Napoli” esa safarda “Sampdoriya”dan ustun keldi.
A Seriya
30-tur bahslari
11-aprel, yakshanba
“Yuventus” — “Jenoa” 3:1
Gollar: 1:0 – 4 Kulusevski, 2:0 – 22 Morata, 2:1 – 49 Skamakka, 3:1 – 70 Makkenni.“Yuventus”: Shchensni, de Ligt, Danilo, Kyellini, Kulusevski (Makkenni, 68), Kuadrado (Aleks Sandro, 46), Rabyo (Remzi, 84), Bentankur, Kyeza (Artur, 75), Ronaldu, Morata (Dibala, 68).
“Jenoa”: Perin, Biraski (Gilyone, 46), Krishito, Masyello, Zappakosta, Behrami (Pyatsa, 46), Radovanovich, Rovella (Zays, 63), Badel, Skamakka (Melegoni, 70), Pandev (Shomurodov, 63).
Ogohlantirishlar: Kuadrado (20), Kulusevski (37), Behrami (38), Rovella (53), Krishito (62), Aleks Sandro (82).
Izoh (0)