• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yevropa dori-darmon agentligi qon tromblarini AstraZeneca vaksinasining “juda kam uchraydigan” nojo‘ya ta’siri deb tan oldi, ammo vaksinadan foydalanishni davom ettirishga chaqirdi

    Koronavirusga qarshi AstraZeneca (hozirgi Vaxzevria) vaksinasi bilan emlangandan so‘ng ayrim kishilarda kuzatilgan qon tromblari preparatni qo‘llash natijasida yuzaga keluvchi juda kam uchraydigan noxush hodisadir. Yevropa dori-darmon agentligi (EMA) farmakologik xavfini baholash qo‘mitasi shunday xulosaga keldi, deb yozadi Meduza.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Xabarga ko‘ra, qo‘mita trombotsitlar miqdori pastligi va ba’zan qon ketishi bilan bog‘liq holda miya tomirlarida (miya venoz sinus trombozi), qorin bo‘shlig‘ida (ichki tomirlarning trombozi) va arteriyalarda qon tromblari hosil bo‘lganini ta’kidladi.

    EMA 2021-yil 22-martda ma’lum bo‘lgan 62 ta miya venoz sinus trombozi va 24 ta ichki tomir trombozini o‘rganib chiqdi (ulardan 18 tasi o‘limga olib kelgan). Mutaxassislarning ta’kidlashicha, aksariyat hollarda ushbu simptomlar 60 yoshgacha bo‘lgan ayollarda emlashdan keyingi ikki hafta ichida qayd etilgan.

    Simptomlar immunitetning vaksinaga reaksiyasidan kelib chiqadi, deb taxmin qilinmoqda, ammo uning aniq sababi hali ma’lum emas. Mavjud ma’lumotlar ushbu noxush holatlar yuzaga kelgan odamlarda qandaydir xavf omillari bo‘lgan, deyishga imkon bermaydi.

    EMA AstraZeneca vaksinasini olgan odamlar quyidagi simptomlar paydo bo‘lgan taqdirda darhol tibbiy yordamga murojaat qilishi kerakligini ta’kidladi: nafas qisilishi, ko‘krak qafasida og‘riq, oyoq shishishi, uzoq muddatli qorin og‘rig‘i, nevrologik alomatlar (shu jumladan qattiq va doimiy bosh og‘rig‘i yoki ko‘rishning xiralashishi) inyeksiya qilingan joydan tashqarida mayda qon dog‘lari paydo bo‘lishi.

    Shu bilan birga, EMA AstraZeneca vaksinasidan voz kechish kerak, deb hisoblamaydi. “COVID-19 kasalligi kasalxonaga yotqizish va o‘lim xavfiga olib keladi. Qon tromblari va trombotsitlar sonining pastligi bilan ushbu kombinatsiya kamdan kam uchraydi va COVID-19’ning oldini olishda vaksinaning orttirilgan foydasi uning asoratlari xavfidan ustundir”, — dedi agentlik hamda Yevropa Ittifoqida 34 millionga yaqin odam AstraZeneca vaksinasi bilan emlanganini ta’kidlab o‘tdi.

    Mart oyi o‘rtalarida AstraZeneca vaksinasi bilan emlash tromblar keltirib chiqarish to‘g‘risidagi xabarlar fonida ko‘plab mamlakatlar ushbu preparatdan foydalanishni to‘xtatgan edi. Yevropa Dori-darmon agentligi (EMA) koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi xavfsiz va samarali deb e’lon qilgach, Yevropa davlatlari ushbu preparat bilan emlashni qayta boshladi. Shuningdek, JSST ham AstraZeneca bilan emlashda davom etishni tavsiya qildi. Xususan, Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Bolgariya, Portugaliya va Sloveniya, shuningdek, Kanada va Latviyada ham AstraZeneca bilan emlashni qayta boshlashga ruxsat berildi.

    6-aprel kuni Yevropa dori-darmon agentligi (EMA) vakili koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi bilan emlash va qonda tromb kelib chiqishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tasdiqladi. “Endilikda AstraZeneca bilan emlashning tromboz keltirib chiqarishini aniq ayta olamiz. Ammo ushbu reaksiyaga nima turtki bo‘layotganini hali bilmaymiz”, — dedi EMA vakili Marko Kavaleri.

    JSST ham AstraZeneca vaksinasi bilan emlash va tromb holatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tasdiqladi. Biroq tashkilot AstraZeneca vaksinasining samaradorligi uning zararli tomonlaridan ustun deb hisoblamoqda. JSST AstraZeneca bilan emlangan bemorlarda shunga o‘xshash asoratlar yuzaga kelayotgani haqidagi xabarlar fonida tadqiqotlarni davom ettirmoqda. Yangi tadqiqot 7 yoki 8-aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ammo ta’kidlanishicha, JSSTning mazkur vaksinaga nisbatan fikri o‘zgarmasligi mumkin.

    Mavzuga doir:

    • AstraZeneca vaksinasidan keyingi o‘limlar davom etmoqda, koronavirusga chalinishlar soni bir haftada 8 foizga oshdi, Belgiyada yangi shtamm aniqlandi va boshqa koronaxabarlar
    • Janubiy Koreyada AstraZeneca vaksinasi bilan 60 yoshgacha bo‘lganlarni emlash to‘xtatildi

    08.04.2021, 11:47   Izoh (0)   13182
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Iordaniya qiroli davlat to‘ntarishiga urinish bilan bog‘liq isyon bostirilganini ma’lum qildi

    08.04.2021, 11:06

    Koloniyada saqlanayotgan muxolifatchi Aleksey Navalniyning ahvoli yomonlashayotgani xabar berildi

    08.04.2021, 09:57

    Shimoliy Koreya rahbari mamlakatdagi vaziyatni “eng yomon” deb atadi

    08.04.2021, 07:07

    JSST hozircha “vaksina pasportlari”ni joriy etishni tavsiya qilmaydi

    08.04.2021, 06:06

    Markaziy Osiyoda maishiy zo‘ravonlik avj oldi, dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi tengsizlik kuchaydi, inson huquqlari buzilishi uchun qulay sharoit yuzaga keldi. Koro...

    07.04.2021, 23:34

    AQSh Pekinda o‘tkaziladigan 2022-yilgi qishki Olimpiadani boykot qilishi mumkin

    07.04.2021, 23:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.