Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonda ichki ishlar organlari faoliyatini tashkil etishning “mutlaqo yangi mexanizmlari” joriy etiladi. “Gazeta.uz”ning yozishicha, bu Prezidentning 26-martdagi farmonida ko‘zda tutilgan. Hujjat “jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishning yaxlit tizimini shakllantirish” hamda “ichki ishlar organlarining eng quyi bo‘g‘inidan respublika darajasigacha samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish va zamonaviy ish uslublarini joriy etish”ga qaratilgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Avvalroq ushbu farmon bilan Ichki ishlar vazirligi tuzilmasi qayta ko‘rib chiqilgani haqida xabar berilgan edi — boshqarmalar va xizmatlar departamentlarga birlashtiriladi (shu jumladan, Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Jazoni ijro etish departamenti etib qayta tashkil etiladi), ichki ishlar organlarining tayanch punktlari negizida mahalla huquq-tartibot maskanlari tashkil etiladi, Toshkent va Samarqand viloyatlarida profilaktika inspektoriga masofadan turib, murojaat yuborish imkonini beruvchi “Smart mahalla” axborot dasturi ishga tushiriladi.

Ichki ishlar organlari tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, 2021-yilning aprel oyi oxirigacha Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqilishi kutilmoqda. Hujjatda patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va probatsiya xizmatlari bo‘linmalarining o‘zaro hamkorlikda ishlashi bo‘yicha yangi mexanizmlari belgilanadi.

Bundan tashqari, Milliy gvardiya bo‘linmalarining jamoat tartibini saqlash tizimidagi vakolatlari va shaxsiy javobgarligi belgilanishi lozim (Milliy gvardiya to‘g‘risidagi qonun dekabr oyida qabul qilingan edi).

Yangi tizim, shuningdek, probatsiya bo‘linmalarining faoliyati samaradorligini oshirishni ham ko‘zda tutadi. Probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvorini kunlik nazorat qilishda profilaktika inspektorlari bilan hamkorlik mexanizmlari joriy etiladi. Tuman va shahar probatsiya bo‘linmalari tegishincha tuman va shahar ichki ishlar organlarining bevosita bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.

Tuman va shahar ichki ishlar organlari faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida Toshkentdagi 24 ta ichki ishlar bo‘limi va ayrim tuzilmalarning rahbarlik lavozimlari maqbullashtirilib, bo‘shatilayotgan shtat birliklari poytaxt ichki ishlar organlarining profilaktika va tergov-tezkor tuzilmalarini kuchaytirishga yo‘naltiriladi.

Farmon bilan quyidagi lavozimlar tugatildi:

  • Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vazirining, viloyat, tuman va shahar ichki ishlar organlari boshliqlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari;
  • Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vazirining, viloyat, tuman va shahar ichki ishlar organlari boshliqlarining o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi (bo‘limi) boshlig‘i;
  • viloyat ichki ishlar boshqarmasi (bosh boshqarmasi) boshliqlarining probatsiya va jazoni ijro etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.
Uning o‘rniga Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vazirining, viloyat, tuman va shahar ichki ishlar organlari boshliqlarining o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimi joriy etiladi.

Ushbu lavozimning asosiy vazifalari — patrul-post va yo‘l-patrul xizmati bo‘linmalari faoliyatini, shuningdek, mahallalar va jamoat joylarida manzilli profilaktik tadbirlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish hamda muqaddam sudlangan va probatsiya hisobiga olingan shaxslar bilan ishlash hamda ichki ishlar organlarining tungi xizmatini tashkil etish.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qozog‘istonning Rossiya bilan chegarasidagi tirbandliklar tugamoqda — OAV
Mahalliy
“Uyiga begona erkaklarni olib kelmaslik masalasida tortishgan”. Onasini o‘ldirgan buxorolik yigit voqeasining sababi ochiqlandi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriyaga jo‘nab ketdi