Andijon viloyati Shahrixon tumanida to‘rtta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, YTH 3-aprel kuni soat 15:40 larda Cobalt, Nexia-3, Lacetti va Damas ishtirokida sodir bo‘lgan. Avariya oqibatida Cobalt’ning 41 yoshli haydovchisi va Damas yo‘lovchisi jarohat olgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgani aytilmoqda.

Holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga oydinlik kiritilmoqda.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Avvalroq Toshkentda Lacetti va Spark to‘qnashuvi oqibatida haydovchilarning biri shifoxonaga yotqizilgani, Qoraqalpog‘istonda Cobalt yo‘l chetidagi betonga urilishi oqibatida mashina haydovchisi vafot etgani, Samarqandda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan Spark piyodani urib yuborgani to‘g‘risida xabar berilgandi.