Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Samarqand viloyati Cobalt va “KamAZ” ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyatning STV telekanali ma’lum qildi.

Kadr: STV

Kadr: STV

Ma’lum qilinishicha, 29-mart kuni soat 03:00 larda M37 xalqaro avtomobil yo‘lining Samarqand—Buxoro—Ashxobod yo‘nalishida Cobalt haydovchisi yomg‘irli havo bo‘lishiga qaramay katta tezlikda yuk mashinasini quvib o‘tishga uringan.

To‘qnashuv oqibatida Cobalt’ning 42 yoshli haydovchisi olingan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida, 33 yoshli yo‘lovchi esa shifoxonada vafot etgan. Yengil mashinaning yana uch nafar yo‘lovchisi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Kadr: STV

Kadr: STV

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Samarqandda Gentra va Cobalt ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki nafar yo‘lovchi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)