Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 83 239 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra 1-aprel kuni mamlakatning 10 ta hududida jami 189 ta kasallanish holati aniqlangan.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 1 nafari Andijon viloyatida,
  • 3 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Namangan viloyatida,
  • 10 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 2 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 24 nafari Toshkent viloyatida,
  • 142 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sabab namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
SSVning qo‘shimcha qilishicha, o‘tgan bir sutka davomida Qoraqalpog‘istonda va Jizzaxda 1 nafardan, Namanganda 3 kishi, Buxoroda 5 kishi, Toshkent viloyatida 17 kishi, Toshkent shahrida esa 141 kishi, respublika bo‘yicha jami 168 kishi COVID-19 dan tuzalgan. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda. Mamlakatda kasallikdan vafot etganlar soni 630 nafarga yetgan.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1306 nafar bemordan 209 nafari og‘ir, 94 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 2021-yil 1-apreldan boshlandi. Emlash tadbirlari aprel oyida viloyatlar markazlari va katta shaharlarda boshlanadi, may oyida tuman markazlari va kichik shaharlarda amalga oshirilmoqda, iyun oyida esa boshqa aholi qatlami emlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi