• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Farg‘onada 8 yil ilgari yopilgan “Rishton—So‘x” yo‘li ochilishi o‘zbek-qirg‘iz xalqlari quvonchiga sabab bo‘ldi (foto)

    Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidan Qirg‘iziston hududi orqali So‘xga boruvchi yo‘lning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tadbirda qatnashgan “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

    Foto: “Daryo”

    Ta’kidlanishicha, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi tasarrufidagi “Rishton” va “Tul” chegara bojxona postlari barcha fuqarolar hamda yengil avtomashinalar harakati uchun to‘liq ochilgan.

    Foto: “Daryo”

    Ochilish marosimida Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov, Botken viloyati gubernatori Omurbek Suvonaliyev va ikki mamlakatning bir qator rasmiy shaxslari ishtirok etdi.

    Foto: “Daryo”

    Marosimda so‘z olgan rasmiylar tomonidan davlat rahbarlarining tashabbuslari va amaliy sa’y-harakatlari bilan O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida aloqalar kengayib borayotgani, chegaraoldi hududlarning hamkorligi ham yangi bosqichga ko‘tarilayotgani ta’kidlanib, prezidentlarga chin qalbdan minnatdorlik bildirildi.

    Foto: “Daryo”

    “Ikki qo‘shni mamlakat aholisi azaldan qarindosh-urug‘, quda-anda, do‘st-birodar bo‘lib, juda ham ahillikda yashab kelgan. Bugungi tarixiy sana ham mana shu azaliy qardoshlik aloqalarimizning yana bir tantanasi, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Qirg‘izistonning Botken viloyati Qadamjoy tumani orqali Rishtondan So‘xga boriladigan yo‘lning ochilish masalasi qariyb o‘n yildan beri ikki tomon xalqlarining orzusi bo‘lib kelgan edi. Albatta, bu ham o‘z-o‘zidan bo‘lgani yo‘q. Ko‘p yillar bunga harakat qilingan. Ikki davlat rahbarlarining qat’iy siyosiy irodasi natijasida bu yo‘l ochilyapti. Ikki davlat prezidentlarining 11—12-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar natijasini tez va qisqa muddatda guvohi bo‘lib turibmiz.

    Foto: “Daryo”

    Bu yo‘lning ochilishi nafaqat qarindosh-urug‘chilik, do‘stligimiz rivojlanishiga, balki iqtisodiy aloqalarimiz mustahkamlanishiga ham asos bo‘ladi. Qirg‘iziston Farg‘ona viloyatining eng yaqin savdo hamkori hisoblanadi. O‘tgan yili ikki tomonlama savdo aylanmasi 118 million bo‘lgan bo‘lsa, bu yil 200 million dollarga yetkazishga kelishganmiz. Ikki yil ichida qo‘shma korxonalar sonini ikki barobarga oshirishni rejalashtirganmiz. Xudo xohlasa, Farg‘ona, Botken viloyatlarini o‘zbek–qirg‘iz munosabatlarida eng namunali hududga aylantiramiz”, — dedi viloyat hokimi Xayrulla Bozorov.

    Foto: “Daryo”

    Ma’lumot uchun, 2013-yil yanvar oyida sodir bo‘lgan voqealar oqibatida Farg‘ona viloyatining So‘x tumaniga olib boruvchi Rishton yo‘li yopilib, “Vodil” posti yagona qatnov yo‘li hisoblanardi.

    Foto: “Daryo”

    So‘x tumani aholisi 8 yildan ortiq vaqt davomida viloyat markaziga kelish uchun soatlab vaqt sarflab, “Vodil” bojxona chegara posti orqali qatnagan.

    Foto: “Daryo”

    Rishton—So‘x hududlarni bog‘lovchi qisqa yo‘l hisoblanadi. 35 kilometrlik bu yo‘l yopiqligi sabab so‘xliklar viloyat markaziga borish uchun 125 kilometr yo‘lni bosib o‘tishiga to‘g‘ri kelayotgandi. Yo‘lning ochilishi natijasida Farg‘onaga olib boruvchi yo‘l qariyb 90 kilometrga qisqardi.

    Foto: “Daryo”

    80 mingga yaqin aholi istiqomat qiluvchi So‘x anklav hudud hisoblanib, tumanga faqat Qirg‘iziston Respublikasi Botken viloyati orqali boriladi.

    Foto: “Daryo”

    2019-yilning 30-avgustida ham Rishton—So‘x yo‘lining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgandi, ammo ikki kun o‘tib yo‘l yana yopilgani ma’lum qilingandi. Keyinchalik O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov yo‘lning yopilishi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi talablari bilan bog‘liq ekanligini tushuntirgandi.

    Foto: “Daryo”

    Eslatib o‘tamiz, qo‘shni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 11—12-mart kunlari O‘zbekistonga tashrif bilan keldi. Keyinroq 24—25-mart kunlari O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha qirg‘iz hukumati delegatsiyasi ham Toshkentda bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    Ushbu tashrif yakunida O‘zbekiston va Qirg‘iziston bahsli chegara hududlarni xatlovdan o‘tkazishga kelishib olgan.

    Foto: “Daryo”

    “Yo‘lning ochilishi tumanimizda katta tantana, xursandchilikka sabab bo‘ldi. Bu kunlarni necha yillardan beri orzu qilardik. Mana bugun biz orzu qilgan kunlar keldi. So‘x tumanining Tul qishlog‘ida qarindoshlarimiz bor. Ularni ko‘rmaganimizga ham uzoq yillar bo‘lib ketdi. Yarim soatlik yo‘lga kunlar davomida aylanib borishga majbur edik. Bugun yo‘limiz ochilsa, mana shu qiyinchiliklar ortda qoladi. Xudo xohlasa, qarindoshlar bilan ko‘rishish nasib etadi. O‘zbeklar va qirg‘izlar ming yillik do‘st. Ular quda-anda bo‘lib ketgan. Mehmondo‘st xalqmiz. Endi ularnikiga mehmonga boramiz. Ular kelishsa, biz ham ochiq chehra bilan kutib olamiz”, — dedi Rishton tumani “Qoshqaron” mahallasida yashovchi Maqsuda Ergasheva.

    Maqsuda Ergasheva.

    Maqsuda Ergasheva.
    Foto: “Daryo”

    Xursanali Toshmatov.

    Xursanali Toshmatov.
    Foto: “Daryo”

    “Yo‘l ochilganidan bitta men emas, hamma xursand, hamma rozi. Bugun biz uchun katta bayram bo‘ldi. Sababi yo‘l yopilib, 8-9 yildan beri bu tomonlarga o‘tganimiz yo‘q. Do‘stlar, birodarlar bir-birimizni ko‘rolmay qolgandik. Ilgari bir kunda o‘n martadan o‘tardik. Qardoshlarimizning to‘ylarida mehmon bo‘lardik. Bir-birimizning bozorlarimizga borib, savdo qilardik. Yo‘lning ochilishi tadbirkorlar uchun ham ko‘p qulayliklar beradi. Qarindoshlarimiz, qudalarimiz, jiyanlarimiz bor. Nasib qilsa, ularnikiga borib, mehmon bo‘lamiz”, — dedi Rishton tumani Oqtomir qishlog‘ida yashovchi Xursanali Toshmatov.

    03.04.2021, 22:51   Izoh (0)   54401
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda Davlat organlari xodimlarining soni 15 foizgacha qisqartiriladi

    03.04.2021, 22:32

    Namanganda somsa tayyorlash uchun olib ketilayotgan 200 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht aniqlandi (video)

    03.04.2021, 22:14

    Toshkentda to‘lov terminallarini o‘marib ketganlar 5 yilga qamaldi

    03.04.2021, 21:33

    “Muqaddas dinimiz nomidan foydalanib, soxta obro‘ orttirishga urinayotgan tovlamachilardan ehtiyot bo‘ling”. SSV aholini soxta tabiblardan ogohlantirdi

    03.04.2021, 20:42

    O‘zbekistonda nega bolalar COVID-19’ga qarshi emlanmayapti?

    03.04.2021, 19:33

    O‘zbekistonda endi narkotik moddalar reklamasi haqida Telegram-bot orqali xabar berish mumkin

    03.04.2021, 18:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatida ikki nafar qiz suv omboriga cho‘kib ketdi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 15:50

    Eron Isroilga josuslik qilgan shaxsni qatl etdi

    Dunyo | 6 avgust, 15:40

    “Bo‘sh joy yo‘q”. Jennifer Lopesni Istanbuldagi Chanel do‘koniga kiritishmadi

    Shou-biznes | 6 avgust, 15:27

    “O‘zgidromet” 7-avgustda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 15:15

    Suleyman Karimovning 325 mln dollarlik yaxtasi kimoshdi savdosiga qo‘yildi (video)

    Dunyo | 6 avgust, 15:10

    Ular taslim bo‘lmagan: nogironligiga qaramay muvaffaqiyatga erishgan aktyorlar

    Kino | 6 avgust, 15:00

    O‘zbekistonda hayvonlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha qonun qabul qilindi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 14:50

    Indoneziya Turkiyada ishlab chiqilgan KHAN ballistik raketa tizimini qabul qilib oldi

    Dunyo | 6 avgust, 14:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.