Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 29-turida “Jenoa” 3-aprel, shanba kuni “Fiorentina”ni qabul qildi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Foto: Twitter / “Daryo”

O‘yin tezkor gol bilan boshlandi. Mattia Destro 13-daqiqada gol urib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Dushan Vlaxovich esa 23-daqiqada hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda esa hisob o‘zgarmadi va jamoalar murosa yo‘lini tanladi. “Jenoa” safida to‘p suradigan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov mazkur bahsda 83-daqiqada maydonga tushirildi.

“Jenoa” ushbu durangdan so‘ng 32 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. “Fiorentina” esa 30 ochko bilan 14-pog‘onadan o‘rin olgan.

“Roma” “Sassuolo” bilan durangga imzo chekkan bo‘lsa, “Napoli” va “Latsio” esa g‘alabaga erishdi.

A Seriya

29-tur bahslari

3-aprel, shanba

“Jenoa” — “Fiorentina” 1:1

Golllar: 1:0 – 13 Destro, 1:1 – 23 Vlaxovich.

“Jenoa”: Perin, Biraski (Zays, 62), Masyello, Krishito, Zappakosta, Strotman (Melegoni, 83), Radovanovich, Badel, Behrami (Gilyone, 70), Destro (Pyatsa, 70), Skamakka (Shomurodov, 83).

“Fiorentina”: Drongovski, Pesselya, Martines, Kaseres (Biragi, 71), Venuti (Amrabat, 89), Pulgar, Bonaventura (Esserik, 71), Riberi, Kastrovilli (Kalyexon, 83), Milenkovich, Vlaxovich (Kuame, 89).

Ogohlantirishlar: Strotman (2), Zays (63), Pulgar (90).

Chetlatish: Riberi (51).

“Kalyari” – Verona 0:2

Gollar: 0:1 – 54 Barak, 0:2 – 90 Lazanya.

“Atalanta”– “Udineze” 3:2

Gollar: 1:0 – 19 Muriel, 2:0 – 43 Muriel, 2:1 – 45 Pereyra, 3:1 – 61 Sapata, 3:2 – 71 Larsen.

“Napoli” – “Krotone” 4:3

Gollar: 1:0 – 19 Insinye, 2:0 – 22 Osimhen, 2:1 – 25 Nvankvo, 3:1 – 34 Mertens, 3:2 – 48 Nvankvo, 3:3 – 59 Junior Messias, 4:3 – 72 di Lorenso.

“Benevento” – “Parma” 2:2

Gollar: 1:0 – 23 Glik, 1:1 – 55 Kurtich, 2:1 – 67 Ionise, 2:2 – 88 Man.

“Sassuolo”– “Roma” 2:2

Gollar: 0:1 – 25, penalti Pellegrini, 1:1 – 57 Traore, 1:2 – 69 Bruno Peres, 2:2 – 85 Raspadori.

“Latsio” – “Spetsiya” 2:1

Gollar: 1:0 – 56 Lassari, 1:1 – 73 Verde, 2:1 – 89, penalti Kaysedo.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi