“Borussiya D” hujumchisi Erling Holandning agenti Mino Rayola va futbolchining otasi Alf-Inge Holand Barselonadan shaxsiy samolyot orqali Madridga yo‘l olgan.
Jurnalist Fabritsio Romanoga ko‘ra, Rayola va katta Holand 2-aprel kuni “Real” vakillari bilan 20 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi borasida muzokara olib boradi.
Avvalroq Rayola va Alf-Inge Kataloniyaga borgan hamda u yerda “Barselona” vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgandi.
Mundo Deportivo'ning xabar qilishicha, Holandning vakillari Madrid safaridan keyin Londonda futbolchiga qiziqish bildirayotgan ingliz klublari bilan uchrashadi. Ular qatoriga “Manchester Yunayted”, “Chelsi”, “Liverpul” va “Manchester Siti” kiradi.
Erling Bundesliga 2020/21-yilgi mavsumida 21 ta o‘yin o‘tkazib, 21 gol va 21 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)