Gollivudning taniqli aktyoridan biri hisoblanuvchi Rayan Reynolds koronavirusga qarshi vaksina oldi va bu haqda o‘zining Instagram’dagi sahifasida o‘zga xos tarzda ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Dedpul” yulduzi o‘ziga COVID-19’ga qarshi vaksina qilinayotgani tasvirlangan suratni joylashtirgan bo‘lib, uning ostiga “Nihoyat 5G’ni qo‘lga kiritdim”, deb yozgan. Bu orqali u vaksinatsiya jarayoni fitna nazariyasi ekanligi haqida tarqalgan mish-mishlarga shama qilgan.
Aktyorning obunachilarning ushbu mavzu bo‘yicha hazillashishda davom etgan.
“Endi sizda aloqa doim zo‘r bo‘ladi”, “Bugun ertalabdan juda ajoyib internet. Bu qo‘ldagi og‘riqqa chidashga arziydi”, “Bu superqahramonlar haqidagi yangi filmning boshlanishiga o‘xshaydi”, deb yozadi foydalanuvchilar.
Rayanning ortida uning rafiqasi — aktrisa Bleyk Layvli ham emlanib, o‘z suratini joylashtirgan.
“Men vaksina qilgan hamshiraga qahramonlarga qanday qaragan bo‘lsam, siz ham shunday qarash mumkin bo‘lgan insonni toping”, — deb yozadi aktrisa.
Izoh (0)